0

"Navbahor" "Nasaf" va "Bunyodkor" futbolchilarining transferini sotib olish bo‘yicha so‘rov yubordi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Sport newsдата: 16.12.2019
Namanganning "Navbahor" klubi kelasi mavsum uchun seleksiya ishlarini allaqachon boshlab yuborgani haqida xabar qilgandik.
Dastlab "Nasaf"ning uchala futbolchisi - o‘ng qanot himoyachi Dilshod Saitov, hujumkor vinger Islom Kenjaboyev hamda yarim himoyachi Islom Rashidxonovning transferi bo‘yicha qarshiliklarga rasman taklif bilan chiqqandi.

Namanganliklar bundan tashqari "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchilari - o‘ng qanot himoyachisi Dilshod Ahmadaliyev, markaziy yarim himoyachi Nurillo To‘xtasinov, hujumkor yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov hamda Sanjar Qodirqulov bo‘yicha taklif bilan chiqqan.

Buni "Bunyodkor" bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev ham tasdiqladi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, "Navbahor" transferini sotib olmoqchi bo‘lgan "Bunyodkor"ning 17 yoshli vunderkindi Jasur Jaloliddinov namanganliklar safiga borishdan ko‘ra Italiya B Seriyasi peshqadami bo‘lib turgan "Benevento" variantini ikkilanishsiz qabul qilgan va uning "Navbahor"ga o‘tmasligi oydinlashgan. Qolgan uchala futbolchini esa transferi masalasi bo‘yicha "qaldirg‘ochlar"ning joriy mavsum qaysi o‘rinni egallashi va OChLda o‘ynash yoki o‘ynamasligidan kelib chiqib muzokaralar davom ettirilishi mumkinligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, "Navbahor" klubi bir oycha avval jamoaning rossiyalik himoyachisi Igor Golban bilan 2023 yilga qadar shartnomani uzaytirgandi.

Теги: sport, kunlik, YANGILIKLARI