Namanganda 20 yoshli haydovchi sodir etgan YTH oqibatida yo`lovchi halok bo`ldi

Namangan viloyati Namangan tumanida noma`lum haydovchi avtomashinani Nurafshon qishlog`i hududida boshqarib ketayotib, yo`lni kesib o`tayotgan yo`lovchi ayolni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati. 

Jabrlanuvchi olgan jarohati tufayli vafot etgan. Ushbu holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu yo`l-transporti hodisasini mahalliy aholiga mansub, 20 yoshli shaxs o`zining "VAZ-2106" rusumli avtomashinasida sodir etgani aniqlandi. Gumonlanuvchi ushlanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Источник: Даракчи.уз
Категория: Uzb News | Просмотров: 254 | Добавил: Active | Теги: yolovchi, halok, etgan, 20, yoshli, YTH, sodir, Namanganda, haydovchi, oqibatida
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться