0

Namanganda 1 million dollarlik banknotani 10 ming dollarga sotayotgan fuqaro ushlandi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Uzb Newsдата: 23.02.2020
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda fuqaro S.L. boshqa fuqaroning ishonchiga kirib, uni aldab, xorijiy banklardan kredit olib berish va o‘zining 1 mln. AQSH dollari ko‘rinishidagi kupyurasini sotish evaziga, undan firibgarlik yo‘li bilan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

«Bank ma’lumotiga ko‘ra, 1 000 000 AQSH dollarlik banknota suvenir sifatida chiqarilganligi, qonuniy to‘lov vositasi hamda valyuta qimmatligi hisoblanmasligi ma’lum bo‘lgan», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabarida.
Mazkur holat yuzasidan S.L.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Теги: Yurtimizda