0

Мusiqa va inson ongi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Solomatlikдата: 20.06.2019
Inson turli xil holatlarda bo'lganda musiqa eshitishni xohlaydi. Qanday kayfiyatdaligiga qarab musiqa tanlaydi. Ba'zi insonlar hayotdan zavqlansa, baxtliligini his etsa, xursand, kayfiyati yaxshi bo'lganda sho'x musiqa eshitsalar, g'amga botgan, har xil yomon xotiralarni eslagan, kimnidir sog'ingan, kayfiyati tushgan insonlar esa g'amgin, sokin musiqa eshitadilar.
Musiqa ijodiy shaxslar sog’ligi va organizmiga ko’proq ta’sir qiladi, ko’pincha ular musiqadan yo ilhomlanishadi yoki musiqa ularni aksincha zeriktiradi, u doimo bizning xotiralarimiz bilan parallel harakatlanadi.

Musiqa – kuchli assotsiativ omildir hisoblanib, u insoniyatni birlashtiradi, uni yaxlitlikka olib keladi.
“Komil musiqa qalbni shunaqa larzaga keltiradiki, bu hissiyotni sevimli mavjudotdan bahra olayotgan kabi holatda bo’lgandek his etasiz, ya’ni musiqa- so’zsiz dunyoda bor bo’lgan eng yorqin baxtni ato etadi.” Kayfiyatni ko’taradigan musiqa insonni yashashga, xursandchilik qilishga va yaxshilikka ishonishga undaydi.
Psixologlar mantiqan fikrlashda Betxovenni, muhim ma’lumotlarni eslab qolishda Motsartni, charchoqdan xalos bo‘lish uchun Chaykovskiy va Baxni, asab tizimini tinchlantirishda Shtraus va Shostakovich kuylarini tinglashni maslahat berishadi.

Musiqa asboblaridan baraban qon aylanishi, arfa yurak faoliyatini, fortepiano moddalar almashinuvini yaxshilaydi, saksafon ishtiyoqni oshiradi, skripka kayfiyatni ko‘taradi.

Musiqaning shifobaxs xususiyatlari insonni nafaqat tushkun holatdan chiqaradi, balki jismoniy og’riqlardan xalos ettiradi.

Homilador ayollarga esa olimlar klassik musiqani eshitishni tavsiya qilishadi, axir aynan shunaqa musiqa dunyoga keladigan bolakayning kelajakdagi musiqiy didini tarbiyalashga xizmat qiladi.

Maxsus kuy-qo‘shiqlar yordamida qadim zamonda tabiblar tutqanoq va bosh og’rig’ini davolashgan.
Musiqa tovushi ishtahani qitiqlaydi. Ayniqsa, jaz va xip-xop ko‘proq taom yeyishga undaydi.

Kafe, restoranlarda yangragan klassik qo‘shiqlar sizni qimmatroq taomni buyurtma qilishga chaqiradi.
Zamonaviy va pozitiv musiqa boshimizda yangi obrazlar paydo qiladi.

Tunda uxlashga qiynalgan insonni yotoqxonasida jaz kuylari past ovozda yangrab tursa, uning sadolari uyquga chorlaydi.
Agar past tovushda qo‘shiq eshitishsa, xotira mustahkamlanar ekan.

Klassik musiqalarni ko‘proq tinglash ishlarning hammasiga ulgurishga undaydi.
Musiqaning o‘quvchiga ham ta’siri ijobiy. Bola yaxshi qo‘shiqlarni tinglasa, o‘qishda ham yaxshi baholar olar ekan.

Psixologlar mantiqan fikrlashda Betxovenni, muhim ma’lumotlarni eslab qolishda Motsartni, charchoqdan xalos bo‘lish uchun Chaykovskiy va Baxni, asab tizimini tinchlantirishda Shtraus va Shostakovich kuylarini tinglashni maslahat berishadi.

Musiqa asboblaridan baraban qon aylanishi, arfa yurak faoliyatini, fortepiano moddalar almashinuvini yaxshilaydi, saksafon ishtiyoqni oshiradi, skripka kayfiyatni ko‘tarar ekan.

Musiqa — ko‘ngil qulfining kaliti, dil payvandi va ruh ozuqasidir. Uning inson ichki olamiga ta’siri benihoya katta. Shunday ekan, bizga klassik musiqalarni eshitish ko'proq foydali ekan.

Теги: Salomatlik