0

Munisa Rizaeva: “ Do`stlarimga ishonch qolmadi, ular faqat o`z halovatini o`ylaydigan xudbinlar...”

Автор: Adminкатегория: Shou-Biznesдата: 09-Ноябрь-2016, 12:18

Xonanda Munisa Rizaevaning Instagram ijtimoiy tarmog`iga yozib qoldirgan fikrlari xonandaning aksariyat kuzatuvchilari e`tiborini tortdi. Munisaning tushkun kayfiyatdagi so`zlari uning muxlislarini bee`tibor qoldirmadi. 

"Mangulik... Negadir doimo endi topdim deganimda juda tez yo`qotdim. Do`stlarimga qolmadi ishonch, faqat o`z halovatini o`ylaydigan xudbinlar ular. Suv tubidagi qumlar uning sathiga ko`tarilib suvning asl ko`rinishini ifloslantirganidek, ba`zi bir do`stlar ham niqobini vaqt o`tgan sayin echib o`zlarini aslida mangu qanday bo`lganliklarini oshkora ko`rsatishadi. Yuragimga kamon o`qi sanchilsa ham rozi edim, ammo do`stlarim tamonidan berilgan zarbaga tayyor emas ekanman. Ularga bo`lgan munosabatimni minnat qilmayman-u, ammo ma`lum bir vaqt o`z qadrimga shunchalar achindimki, bu meni mayda molekula zarralari singari parchalab yubordi...Endi mangu afsuslar daryosiga g`arq bo`ldim!!!”,—deb ifodalaydi Munisa afsus-nadomat aks etgan ruhiy holatini. 

Mazkur postga yozilgan izohlardan birida Munisaning muxlisi undan qachon turmushga chiqishini so`ragan. Mazkur savolga javoban u 

"Peshona!!! Alloh o`zi biladi qachon, nima qanaqa! Siz o`zingizni hayotingizga qarab yuring, iltimos!!! Bu mening hayotim, sizniki emas!!!”,—deya javob berdi.

Manba: Darakchi.uz

Теги: ular, ishonch, halovatini, qolmadi, Oz, oylaydigan, Faqat, Dostlarimga, Rizaeva:, MUNISA

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги