0

“Miss Intercontinental”ning o‘zbekistonlik ilk ishtirokchisi: Hamyurtlarimiz meni finalda qo‘llab-quvvatlab tursalar bo‘lgani

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Uzb Newsдата: 18.07.2019
Avvalroq, 20 yoshli Nigina Fahriddinova “Miss Intercontinental Uzbekistan 2019” unvoni sohibiga aylangani va birinchi marta tanlov finalida mamlakat nomidan ishtirok etishi haqida xabar berilgan edi. Nigina Fahriddinova tanlovdagi ishtiroki to‘g‘risida “Daryo”ga maktub yo‘lladi.

“Miss Intercontinental” tanlovi 1971-yildan boshlab har yili o‘tkaziladi va eng nufuzli go‘zallik tanlovlaridan biri hisoblanadi.

Joriy yilning 21-dekabrida Hindistonda 48-marotaba toj kiydirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda har yili dunyoning yuzga yaqin mamlakatidan vakillar ishtirok etadi. Shu kungacha tanlov tarixida O‘zbekiston vakili bo‘lmagan.

48 yil ichida birinchi bor “Miss Intercontinental Uzbekistan 2019” rasmiy unvonini Nigina Fahriddinova MDH davlatlarida rasmiy litsenziyaga egalik qiluvchi M&B Models Agency’ning onlayn kastingidan o‘tib, qo‘lga kiritdi. Tanlovda har bir mamlakat nomidan faqatgina bir kishi qatnashish imkoniyatiga ega. “Miss Intercontinental” g‘olibiga qiymati 361 466 dollar turadigan toj kiydiriladi, bu xalqaro g‘ozallik tanlovlaridagi eng qimmat toj hisoblanadi.

O‘zbekiston madaniyat va go‘zallikni rivojlantirish yo‘lida olg‘a qadam tashlab, yangi bosqichga chiqqanidan xursandman. Men xalqaro maydonda mamlakatim sharafini himoya qilish uchun bor kuch-g‘ayratimni ishga solaman.

Hamyurtlarimiz 21-dekabr kuni meni chin dildan qo‘llab-quvvatlab tursalar bo‘lgani.

Men mamlakatimiz tomondan tanlovga tayyorgarlik ishlari, garderob, konferensiya, intervyular bo‘yicha ko‘rsatiladigan yordamlarni qabul qilishga, shuningdek, dizaynerlar, klipmeykerlar va turli brendlar bilan hamkorllikka tayyorman.

Теги: Yurtimizda