0

Messi: O‘rtancha o‘g‘lim “Real”ga muxlislik qiladi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Sport newsдата: 20.06.2019
“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi katta o‘g‘illari Tyago va Mateoning futbolga qiziqishlari borasida gapirdi.

“Tyago o‘yinlarni o‘tkazib yubormaydi. Mateo ham futbolni yaxshi ko‘radi, ammo u turli xil futbolkalarni kiyadi. Biz uyda o‘ynayotgandik va u menga: “Men sizlarni yutgan “Liverpul” tarafidaman”, dedi. “Valensiya” bilan ham shunday hodisa.

Birgalikda televizor ko‘rar ekanmiz, u “Real”ning har bir golida baqiradi. U “Real”ning muxlisi”, – deydi Messi.
Messining uchta o‘g‘li bor: Tgo, Mateo va Chiro. Tyago va Mateo “Barselona” akademiyasining maxsus dasturi bo‘yicha shug‘ullanishadi.

Теги: sport