Meksikada futbolchi unga qizil kartochka ko`rsatgan hakamni urib o`ldirdi

6 noyabr, yakshanba kuni Meksikaning Tulansingo shahrida havaskor futbol jamoalari o`rtasidagi musobaqalar futbol hakamining o`limi bilan yakunlandi, deb xabar beradi "Tjournal” nashri. 

Futbolchilardan biri Ruben Rivera Vaskes hakam Viktor Trexo qizil kartochka ko`rsatganidan g`azablandi va uni o`ldirdi. 

Maydonni tark etgan Vaskes 59 yoshli hakamning oldiga yugurib keldi va uning yuziga boshi bilan zarba berdi. Hakam shu zahotiyoq maydonga yiqildi. Zudlik bilan etib kelgan shifokorlar uning hayotini saqlab qololmadi.

Musobaqani tomosha qilishga kelgan futbol ishqibozlari bir muddat nima bo`layotganiga tushunolmay qoldi. 

Vaskes voqea joyidan qochib ketdi. hozirda unga nisbatan qidiruv e`lon qilingan.


Источник: Даракчи.уз
Категория: Sport news | Просмотров: 198 | Добавил: Active | Теги: oldirdi, Unga, hakamni, futbolchi, urib, korsatgan, kartochka, qizil, Meksikada
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться