Kirish | A'zo bo'lish
Foydali maslahat
(18+) Vidolar
Поиск по сайту

Меню
Главная
Музыка
Клипы
» Pazandachilik (SIRLARI)
​«May» keksi — shokolad+qulupnay=betakror desert!
​«May» keksi — shokolad+qulupnay=betakror desert!
Дата: 18.05.2017, 23:59

Zarur masalliqlar: 400 gr. un, 250 gr. sariyog`, 2 stakan qulupnay, 1,5 stakan un, 4 dona tuxum, 10 gr. xamiryumshatgich (razrxlitel); glazur uchun: 3 osh qoshiqdan sut, shakar va kakao, 1 osh qoshiq sariyog`. 

Tayyorlanishi: 1. Qulupnayni yaxshilab yuvgach, blenderda ezing.

2. Tuxum sarig`ini oqidan ajratib, shakar bilan aralashtiring. Sariyog`ni eritib, sovigach, tuxumli aralashmaga qo`shing.

3. Tuxum oqini engil ko`pirtiring.

4. Tuxum sarig`iga un va xamiryumshatgichni qo`shing. So`ngra tuxum oqini solasiz. Bir aralashtirgach, qulupnayni ham qo`shasiz-da, yana yaxshilab aralashtirasiz.

5. Quyuq xamirni keks qolipiga soling. 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 50-60 daqiqaga qo`ying.

6. Sutga shakar va kakaoni solib, aralashtirib turgan holda qaynating. Keyin sariyog` qo`shib, bir aralashtiring-da, issiq holida keks ustiga quying.

1 soatu 20 daqiqa

6 kishilik

Manba: Darakchi.uz

Yangi she'rlar

Diqqat diqqat! Xato va kamchiliklar shikoyatlar uchun Admin bilan aloqa uchun..! bu yerni bosing!


Поделиться:

Метки: desert!, ​«May», shokolad+qulupnay=betakror, keksi | Ko'rildi: 1180
Категория
O'zbekiston Yangiliklar
Dunyo Yangiiklar
Sport Yangiliklar
Texnologiya Olami
Shou-Biznes Olami
Avto Yangiliklar
Pazandachilik (sirlari)
Qiziqarli (Ma'lumotlar)
Foydali maslahatlar
PREMIERA MP3, KLIP,
Статистика

Uzbekona.Uz | Designed by MavrikКонтакты