Mario Balotelli “Nissa” safida Fransiya chempioni bo`lmoqchi

"Nissa” hujumchisi Mario Balotellining fikriga ko`ra, uning jamoasi Fransiya chemioni bo`lishga qodir. Uning so`zlarini "Championat.com” nashri keltirdi.

– "Nissa” mensiz ham yaxshi jamoa hisoblanadi. Men maydonga tushmagan paytlarda ham sheriklarim yaxshi o`ynadi. Jamoamiz turnir jadvalida peshqadam ekanidan farxlanaman, lekin men uchun bu etarli emas. Men ko`proq gol urishniva foyda keltirishni istayman, – dedi italiyalik futbolchi.

Ma`lumot uchun, ayni damda "Nissa” 29 ochko bilan Fransiya peshqadami bo`lib turibdi. Ikkinchi o`rinda borayotgan "Monako”da 26 ochko mavjud. PSJ ham 26 ochko bilan uchinchi o`rinda. 


Источник: Даракчи.уз
Категория: Sport news | Просмотров: 229 | Добавил: Active | Теги: bolmoqchi, Mario, Fransiya, safida, chempioni, “Nissa”, balotelli
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться