Регистрация
Меню сайта
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 84
Статистика

Всего на сайте: 24
Гостей: 24
Пользователи: 0

19:53
Lukashenko Putindan kechirim so‘radi
Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putindan gaz transportirovkasi uchun narxlar borasida bahs qilgani uchun kechirim so‘radi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Lukashenko bu haqda jurnalistlarga Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari davlat rahbarlarining sammitidan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildi.

«Biroz noqulay ahvolda chiqish qildim, shu sababli keyin tadbir egasi oldida kechirim so‘rashimga to‘g‘ri keldi. Judayam shiddatli chiqish bo‘ldi, ammo buni eshitmaganingiz ma’qul»,— deydi Belorus prezidenti.

U yig‘ilib qolgan masalalarni muhokama etish maqsadida bir haftadan so‘ng Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirayotganini aytdi. «Keyingi hafta Rossiya prezidenti bilan uchrashib, yangi yilga yechilmagan muammolar bilan kirib bormaslik uchun barcha ochiq qolgan masalalarga nuqta qo‘yamiz»,— deydi u.

Belorus prezidenti yig‘ilishda mamlakatga gaz transportirovkasini juda qimmat ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yamal-Nenes avtonom okrugidan Belorusga gaz olib o‘tish, 1 ming kub metr uchun 3 AQSh dollarni tashkil qiladi. U Rossiya ichidagi gaz tashish uch barobar arzonligini aytdi.

Uning so‘zlariga javoban Vladimir Putin ushbu masalani matbuotsiz ochiq va vijdonan muhokama qilishni taklif qildi. U bu yil Belorus uchun gaz narxi 1 ming kub metr uchun 129 AQSh dollarini tashkil qilgani, 2019 yilda esa 127 AQSh dollar bo‘lishini ma’lum qildi. Misol tariqasida Germaniya uchun bu narx 250 AQSh dollarini tashkil qilishini ta’kidladi.
Категория: Dunyo news | Просмотров: 13 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: DUNYO | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *: