Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

«Lokomotiv» Oliy Ligada muddatidan oldin chempion bo'ldi

Автор: PerFecTкатегория: Sport newsдата: 18-Ноябрь-2016, 02:22
Toshkent shahrining «Lokomotiv» jamoasi Oliy Liganing 29-turidagi uchrashuvini o'tkazishidan oldinoq mavsum chempioni bo'lishi oydinlashdi.Temiryo'lchilar jamoasini ikkinchi o'rinda ta`qib kelayotgan «Bunyodkor» jamoasi «Navbahor» bilan uchrashuvda durang o'ynab qo'ygach, ochkolari soni 63tani tashkil qilmoqda va endi qolgan uchrashuvlarda qanday natijalar qayd etilishidan qat`i nazar 68ta ochkosi bor «Lokomotiv»ga yeta olmaydi.Shu tariqa, «Lokomotiv» o'z tarixidagi ilk chempionlikni muddatidan oldin rasmiylashtirdi.«Temiryo'lchilar» 29-tur uchrashuvini ertaga «Metallurg»ga qarshi o'tkazishadi. TTZdagi «Lokomotiv» stadionida bo'lib o'tadigan bahs 14:00da start oladi.Uchinchi o'rinda esa hozirda Qarshining «Nasaf» jamoasi joylashgan (57 ochko). Bugungacha bronza medallar uchun kurash olib borgan «Buxoro» jamoasi 29-turda Qashqadaryoning «Mash`al» jamoasiga 0:2 hisobida yutqazdi va 55 ochko bilan to'rtinchi o'rinda qoldi.Hali 29-tur uchrashuvini o'tkazmagan «Paxtakor» 48 ochko bilan beshinchi o'rinda joylashgan.Ma`lumot uchun, bu O'zbekiston chempionati tarixidagi yettinchi chempion jamoadir. Endilikda, «Paxtakor», «Neftchi», «Navbahor», «Do'stlik», MHSK va «Bunyodkor» jamoalari qatoriga «Lokomotiv» ham qo'shildi.
Manba: Kun.uz
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги