Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

«Legiya» murabbiyi: 5 gol o'tkazgan bo'lsak o'tkazgandirmiz, muhimi Ronalduga gol urishga qo'ymadik

Автор: Activeкатегория: Sport newsдата: 19-Октябрь-2016, 17:04
«Legiya» bosh murabbiyi Yatsek Magera YeChLning guruh bosqichi, 3-turida Madridning «Real» jamoasiga qarshi kechgan va 1:5 hisobidagi mag'lubiyat bilan yakunlangan o'yindan keyin bergan intervyusida bu natijadan ham ijobiy jihat topishga urinib ko'rdi. U o'z shogirdlari raqiblarning asosiy hujumchisi Krishtianu Ronalduga gol urishga imkon bermaganidan qoniqish hosil qilganini aytib o'tgan.Portugaliyalik futbolchi maydonni golsiz tark etdi, lekin 2ta golga hammualliflik qildi.«Bizda Ronalduga qarshi alohida strategiya mavjud edi. U raqibning asosiy futbolchisi, biz esa unga istaganidek o'ynash imkonini bermadik. Mayli, 5ta gol o'tkazgan bo'lsak, o'tkazgandirmiz. Lekin biz Krishtianuning gol nishonlashiga yo'l qo'ymadik. Bu ijobiy holat», — deya Mageraning so'zlarini keltirgan UYeFA rasmiy sayti.Qayd etish kerakki, Ronaldu ushbu uchrashuvda 2ta gol ura olganida, tarixiy natijaga erishgan bo'lar edi. U shu vaqtgacha Yevrokuboklarda 98ta gol urgan va bu o'yinda dubl qayd etish orqali Yevrokuboklarda 100ta gol urgan ilk futbolchiga aylanar edi.
Manba: tribuna.uz

Теги: o'tkazgandirmiz, bo'lsak, murabbiyi:, urishga, gol, Ronalduga, muhimi, o'tkazgan, «Legiya»

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги