Главная » KXDR chegarada karnaylar orqali Janubiy Koreya prezidentini tanqid qilmoqda - 12 Января 2016 - Скачать музыку mp3 бесплатно и без регистрации
Регистрация
Меню сайта
Наш опрос
Qaysi brouzerdan foydalanmoqdasiz?
Всего ответов: 36
Статистика

Всего на сайте: 25
Гостей: 25
Пользователи: 0

16:07
KXDR chegarada karnaylar orqali Janubiy Koreya prezidentini tanqid qilmoqda

Shimoliy Koreya ovoz kuchaytiruvchi karnaylari ikki davlat chegarasida Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe tanqid qilingan eshittirishlarni uzatmoqda, deya xabar berdi Ryonhap agentligi.

Seul KXDR yadro sinovini o'tkazganiga javob tariqasida Shimoliy Koreya rejimi tanqid qilingan eshittirishlarni uzatishni boshlagan edi. Bunga javoban shimolliklar ham ovoz kuchaytirgichlarni ishga soldi.

Janubiy Koreya hukumatidagi axborot manbasi ma'lumotiga ko'ra, qo'shni mamlakatdan kelayotgan tovush juda kuchsiz. Biroq u erdan KXDR va shaxsan Kim Chen In erishgan muvaffaqiyatlar vasf qilingan tashviqotlar musiqiy ko'rinishda ham uzatilmoqda.

6 yanvar kuni Shimoliy Koreya AQShning tahdidlaridan himoyalanish uchun o'z vodorod bombasini yaratganini ma'lum qilgan edi. Bunga javoban amerikaliklar 10 yanvar kuni Janubiy Koreyaga Tinch okeanining Guam orolidagi bazasida turgan atom bombasini tashiydigan V-52 bombardimonchisini joylashtirdi.

Категория: Dunyo news | Просмотров: 626 | Добавил: Admin | Теги: KXDR chegarada karnaylar orqali Jan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *: