Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Kuyov qaynotasi to`ydan oldin va`da qilingan mashinani olib bermagani uchun ajrashishga ariza berdi

Автор: Activeкатегория: Uzb Newsдата: 08-Ноябрь-2016, 17:51

Respublika bo`yicha eng ko`p ajrashish Toshkentda (32 foiz) kuzatilmoqda. Masalan, joriy yilning 9 oyida shahar bo`yicha 3442 ta ajrashish qayd etilgan. Bu haqda "Oila davrasida” gazetasiga asoslanib, "1news.uz” nashri xabar bermoqda.

"Bugun bu boradagi loqaydlikka nuqta qo`yishimiz va bir qator ishlarni qayta ko`rib chiqishimiz zarur. Jumladan, oilani mustahkamlash va yoshlarni turmushga tayyorlash bo`yicha qiladigan ishlarning ko`pchiligi rasmiyatchilik uchungina bo`lib qolyapti”,  deydi O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Elmira Bositxonova.

Oliy Majlis Senatining Fan, ta`lim, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi raisi Zayniddin Nizomxo`jaevning fikriga ko`ra esa, ko`p hollarda yosh kelin-kuyovlar arzimas sabablar bilan ajrashib ketmoqda.

"Yana bir arizada qaynota kuyoviga to`ydan oldin va`da qilgan avtomashinani olib bermagani uchun kuyovto`ra ajrashmoqchi ekanini bildirgan. Belida belbog`i bor o`zbek yigitining shu darajaga borishining o`zi naqadar uyatli va sharmandali hol emasmi?” deydi Senat qo`mita raisi Z.Nizomxo`jaev.

Manba: Darakchi.uz

Теги: oldin, toydan, bermagani, qilingan, qaynotasi, kuyov, mashinani, Vada, olib, UCHUN

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги