Kirish | A'zo bo'lish
Foydali maslahat
(18+) Vidolar

Поиск по сайту

Меню
Главная
Музыка
Клипы
» Dunyo news
Koronavirusdan tuzalgan ayol kasallik haqida so'zlab berdi
Koronavirusdan tuzalgan ayol kasallik haqida so'zlab berdi
Дата: 31.01.2020, 19:02

Sinxua axborot agentligi koronavirusdan tuzalgan xitoylik ayolning intervyu tarjimasini taqdim etdi.

«Familiyam Szyan, 44 yoshdaman. Ushan uezdining Chunsin shaharida tug'ilganman va bir necha yil davomida Uxanda ishlayman. Bugun men “Sanyasya” markaziy shifoxonasidan chiqdim.

15 yanvar kuni men Xitoy Yangi yilini kutish uchun vatanimga jo'nadim. Erim meni kutib olish uchun temir yo'l vokzaliga keldi va o'zimni yomon xis qilishimni ko'rdi. U darhol meni mahalliy shifoxonaga olib bordi.

Bir necha kun davomida mulojalar ijobiy natija bermadi. 21 yanvar kuni meni Vanchjoy tumanidagi “Sansya” markaziy shifoxonasiga o'tkazishdi. U yerda izolyatorga joylashtirib, yangi koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniya tashxisini qo'yishdi. Men Chunsinda bu virus bilan kasallangan birinchi bemor bo'ldim. Shifokor va hamshiralar menga alohida g'amxo'rlik bilan munosabatda bo'lishdi. Har kuni menga dori purkashdi, virus va infeksiyaga qarshi muolajalarni qilishdi, hatto shifokor Xitoy xalq tabobati usullaridan ham foydalandi.

Keyinchalik salomatligim yaxshi tomonga o'zgardi. Shifokorlar menga shifoxonadan chiqishga ruxsat berish mumkinligini aytishdi. Davolanish uchun shifoxona mendan bir dona fen ham olmadi.

Mendan bu kasallik xavflimi, deb so'rashmoqda. O'ylaymanki, eng asosiysi – odam o'zi qo'rqishi kerak emas, eng muhimi – imkon qadar yaxshiroq himoyalanish zarur: maxsus gigiena niqob taqish va qo'lni tez-tez yuvish juda muhim.

Agar isitma chiqib, yo'tal va boshqa alomatlar paydo bo'lsa, darhol shifoxonaga borish zarur. Izolyatsiya qilinishidan qo'rqish kerak emas, ko'ngilni xotirjam qilish kerak. Shifokorlar tavsiyalarga qo'loq solib, ularga ishonish kerak, shunda albatta tuzalib ketish mumkin», -deyilgan xabarda.

Yangi she'rlar

Diqqat diqqat! Xato va kamchiliklar shikoyatlar uchun Admin bilan aloqa uchun..! bu yerni bosing!


Поделиться:

Метки: kunlik, YANGILIKLARI, DUNYO | Ko'rildi: 183
Категория
O'zbekiston Yangiliklar
Dunyo Yangiiklar
Sport Yangiliklar
Texnologiya Olami
Shou-Biznes Olami
Avto Yangiliklar
Pazandachilik (sirlari)
Qiziqarli (Ma'lumotlar)
Foydali maslahatlar
PREMIERA MP3, KLIP,
Статистика

Uzbekona.Uz | Designed by MavrikКонтакты