0

Kashmirda hamon odamlar o'ldirilmoqdami?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Dunyo newsдата: 16.10.2019
Hindiston bundan 6 hafta muqaddam Kashmirning o'z nazorati ostidagi qismini avtonomiyadan mahrum etib, hududni qamalga olgandan beri u yerdan o'lim holatlari bo'yicha bir-biriga zid xabarlar kelmoqda, deya xabar bermoqda Bi-bi-si.

Bi-bi-si Shrinagar shahridagi ayrim shunday holatlarni o'rganib ko'rdi.

Shulardan birida 17 yashar bir yigit bo'lib, tibbiy xulosada uning sochma o'q va ko'zni yoshlantiruvchi granata portlashi oqibatida olingan jarohatlar tufayli hayotdan ko'z yumgani qayd etilgan. Biroq Kashmir politsiyasi bu xabarni inkor etib, yigitni isyonchi-namoyishchilar tosh otib o'ldirganini ta'kidlagan.

O'rganish davomida 10 ga yaqin ana shunday tafsilotlari bir-biriga zid keluvchi o'lim holatlariga duch kelingan. Hayotdan ko'z yumganlarning aksariyati o'qotar qurol yoki ko'zni yoshlantiruvchi gaz bilan o'ldirilgan.

Kuzatuvchilar qayd etilmagan o'limlar bundanda ko'p ekanini taxmin etadilar. Avgust oyida yuzaga kelgan namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o'rtasidagi to'qnashuvlarda jarohat olgan aksar odamlar hibsga olinish ehtimolidan qo'rqib, mahalliy kasalxonalarga murojaat etmaganiga ishoniladi.

Hindiston hukumati yaqin bir yarim oydan beri Kashmirni deyarli qamal holatida saqlab kelmoqda. Transport va kommunikatsiya yo'llari uzib qo'yilganidan u yerda yuz berayotgan voqealar to'g'risida ishonchli ma'lumot olish mushkulligicha qolmoqda.

Теги: kunlik, YANGILIKLARI, DUNYO