0

Karantin xavfiga ko‘ra hududlar “qizil”, “sariq” va “yashil”ga ajratiladi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Uzb Newsдата: 01.06.2020
Karantin choralari yumshatiladigan hududlarni belgilash aniq mezonlar asosida baholanadi.
Tumanlar va shaharlarni “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (o‘rta xavfli) va “yashil” (xavfsiz) hududlarga ajratiladi.

Korxonalarda, ayniqsa savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida sanitariya qoidalariga amal qilinishi bo‘yicha ta’sirchan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi.
Bu haqda 2020 yil 5 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga hokimliklar bilan birga har bir tuman va shaharning karantin darajasini belgilash, joylardagi vaziyat o‘zgarishiga qarab, tezkorlik bilan karantin darajalarini yangilab borish vazifasi qo‘yildi. 23 aprel kuni tasdiqlangan pandemiya davrida vaqtinchalik sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik normalarga rioya etish zarurligi ta’kidlandi.

Теги: Yurtimizda, kunlik, yangiliklar