0

Kaliforniya AQShdan ajralib chiqish bo'yicha referendum o'tkazishi mumkin

Автор: Activeкатегория: Dunyo newsдата: 27-Сентябрь-2016, 11:07
Amerikaning "Yes California!" harakati shtatning AQShdan ajralib chiqish masalasi bo'yicha referendum tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Mazkur harakat Yetakchisi Luis Marinelli Moskvada bo'lib o'tgan "Millatlar muloqoti" forumi yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumanida shu haqda ma`lum qildi.  "Kampaniyamiz dastavval nimadan boshlandi? Biz AQShning agressiv tashqi siyosatida ishtirok etish o'rniga mustaqil mamlakat sifatida yashay olishimiz, mudofaa harajatlarini qisqartirib, Kaliforniya aholisining turmush tarzini yahshilashimiz mumkinligi to'g'risidagi ma`lumotdan boshlandi. Biz kaliforniyaliklar bilan muloqot qilamiz, habarlashamiz va ular bunga juda yahshi munosabat bildirishadi", - dedi Marinelli. "Yes California!" harakati Yetakchisi bunday referendumni o'tkazish uchun Yetarlicha imzo to'plash kerakligini ta`kidladi. 25 sentyabrda Rossiya poytahtida "Millatlar muloqoti. Halqlarning o'z yo'lini belgilash huquqi va ko'p qutbli dunyoning barpo etilishi" II Halqaro konferentsiyasi bo'lib o'tdi. Unda ishtirok etish uchun dunyoning turli burchaklari - Kataloniya, Tehas, Kaliforniya va boshqa ko'plab mintaqalardan milliy ozodlik harakati vakillari tashrif buyurishdi.
Manba: Kun.uz

Теги: Kaliforniya AQShdan ajralib chiqish

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги