0

Kaftingizga qarab, sog`ligingizni aniqlang!

Автор: Activeкатегория: Foydali maslahatlarдата: 24-Октябрь-2016, 13:43

Tanamizning har bir qismi ichki a`zolar faoliyati bilan uzviy bog`liq. Xususan, qo`l kafti terisidagi qizarish, qichishish yoki toshma toshishi u yoki bu kasallik alomati bo`lishi mumkin. Quyida ana shu holatlar bilan tanishamiz.

 

  • Qo`l kaftining ichki qismiga qarang. Agar ushbu sohadagi teri yuzasi tez-tez qizarib yoki rangpar tusga kirsa, jigar faoliyatida biror o`zgarish yuz berayotganini bildirishi mumkin.
  • Bordiyu barmoq uchi qizarib tursa, ovqat hazm qilish tizimida bezovtalik borligiga tahmin qilinadi. Taomlangandan so`ng qorinda og`irlik bo`lishi, jig`ildon qaynashi kabilarga diqqat qiling.
  • Bosh barmoq yuzasining qizarib, tez-tez qichishishi jinsiy a`zolar faoliyatiga doir o`zgarishlarga ishora qiladi.
  • Qo`l kafti terisidagi marmar naqshni eslatuvchi izlar vegetativ nerv tizimidagi buzilishlardan darak beradi. Ehtimol so`nggi kunlarda qattiq asabiylashayotgandirsiz.
  • Qo`l kaftining ustki qismida teri qizarishi, qichishish yoki yorilishini sezsangiz, organizmingiz A va D vitaminlariga ehtiyoj sezayotgan bo`ladi. Agar teri qichishishi tunda ham bezovta qilsa, zamburug`larga tahlil topshirib ko`ring.
  • Barmoq uchining muzlab qolishi – qon aylanishi bilan bog`liq buzilishlardan darak beradi. Shu bilan birga organizmda nikotin kislotasining taqchilligi ham yuzaga kelgan. hayron bo`lmang, bu kislota tamaki mahsulotiga aloqador emas. Sut-qatiq, baliq, go`sht va grechixa doni nikotin zahirasini to`ldirishga yordam beradi.
  • Qo`l kaftingizni yuzingizga tekkazganingizda issiqlikni sezsangiz, jigaringiz tozalash ishlariga  qiynalayotganini bilish mumkin.
  • Tez-tez qo`l kaftida bir nimalar o`rmalayotgandek tuyulsa, endokrin tizim faoliyatini tekshirtiring.
  • Qo`l terisining oqaringan ko`rinishi qonda gemoglobin miqdorining pastlab ketganini anglatadi. Bu holatda zudlik bilan shifokorga murojaat eting.
  • Ko`rsatkich barmoqning tez-tez uvishib qolayotgani yurak-qon tomir tizimidagi o`zgarishlardan darak berishi mumkin. Yurak sohasi va kurakdagi o`zgarishlarga diqqat qiling.
  • Qo`l kaftining ichki qismidagi teri qalinlashib, dag`allashib ketsa, o`t xaltasidagi muammolarga ishora bo`lishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz

Теги: aniqlang!, QARAB, sogligingizni, Kaftingizga

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги