“Jumanji” filmi qahramoni, mashhur aktyor Robin Uilyamsning velosipedlar kolleksiyasi xayriya auksionida 600 ming dollarga sotildi

2014 yilda olamdan o`tgan mashhur, amerikalik aktyor Robin Uilyamsning 87 dona velosipeddan iborat kolleksiyasi xayriya auksionida 600 ming dollarga sotildi, deb xabar berdi "Russian.rt.com” nashri. 

Nashrning ma`lumot berishicha, velosipedlar kolleksiyasini aktyorning farzandlari xayriya auksioniga topshirgan. Velosipedlarning ba`zilari aktyorning shaxsiy istagiga binoan maxsus yasalgan. Eng qimmat lot —   Master Pista markasiga tegishli, La Carrera Futura 2000 modeli esa — 40 ming dollardan ortiqqa sotilgan.

Xayriya auksionidan tushgan pullar ikki xayriya fondiga o`tkazilgan.

Amerikalik aktyor Robin Uilyams 2014 yilning 11 avgust kuni o`z uyidan o`lik holda topilgan.


Источник: Даракчи.уз
Категория: Dunyo news | Просмотров: 321 | Добавил: Active | Теги: xayriya, kolleksiyasi, velosipedlar, aktyor, Uilyamsning, Robin, qahramoni, mashhur, FILMI, “Jumanji”
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться