Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Jirinovskiy ingliz tilida amerikaliklarni Trampga ovoz berishga chaqirdi

Автор: PerFecTкатегория: Dunyo newsдата: 07-Ноябрь-2016, 08:05

Rossiyaning LDPR partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy AQSh fuqarolari navbatdagi prezidentlik saylovlarida respublikachi Donald Trampga ovoz berishlari kerakligini aytdi. Rossiyalik siyosatchi amerikaliklarga, shu jumladan demokratchi nomzod Xillari Klintonga murojaat qilgan intervyu Channel 4 telekanalining feysbukdagi sahifasida chop etildi. Videoda Jirinovskiy buzuq ingliz tilida Klinton AQSh prezidenti lavozimiga to'g'ri kelmasligini, chunki u na Yevropaga, na Yaqin Sharqqa va na Rossiyaga tinchlik va farovonlik tilamasligini tushuntirishga harakat qilgan.Jirinovskiy avval ham Trampni qo'llab-quvvatlab chiqqandi. U 1 noyabrda amerikaliklar Trampga ovoz berishga tayyorliklari va buni istashlarini, biroq OAV Klinton foydasiga "aldayotgani, xalqni qallobliklarga ruhiy tayyorlayotganini" aytgandi. "Xillari Klinton – bu partnomenklatura, u sinalgan va qulay nomzoddir. Avval uning erchasi Bill dunyo moliya elitasi bilan bog'langan bo'lgan, endi esa uning rafiqasi bog'langan. Donald Tramp esa mustaqil, mana shuning uchun ham unga hujum qilinmoqda", deb aytgan Jirinovskiy.
Manba: Kun.uz
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги