Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

JCh-2018. Germaniya San-Marino darvozasiga javobsiz 8 ta gol urdi

Автор: Activeкатегория: Sport newsдата: 12-Ноябрь-2016, 18:01

Germaniya terma jamoasi Evropa qit`asidan JCh-2018 turniriga saralash bosqichida San-Marinoga qarshi safarda maydonga tushdi va 8:0 hisobida  yirik g`alabaga erishdi.

Uchrashuvda "nemis mashinasi" raqib darvozasiga javobsiz 8 ta gol kiritishga muvaffaq bo`ldi. Avvaliga Sami Xedira 7-daqiqada hisobni ochgan bo`lsa, keyinchalik Gnabri xet-trik, Xektor esa dubl qayd etgan. Shuningdek yana bir gol Folland tomonidan kirtilgan bo`lsa, San-Marino futbolchisi Stefanelli avtogol muallifi bo`ldi.

San-Marino – Germaniya 0:8 (0:3, 0:5)

Gollar: 0:1 – 7 Xedira, 0:2 – 9 Gnabri, 0:3 – 32 Xektor, 0:4 – 58 Gnabri, 0:5 – 65 Xektor, 0:6 – 76 Gnabri, 0:7 – 82, avtogol Stefanelli, 0:8 – 85 Folland. 

San-Marino – Simonchini, Dzafferani (Brolli, 83), Chezarini, Simonchini, Palassi, Gasperoni, Tozi (Domenikoni, 59), Vitayoli, Berardi, Stefanelli, Vitayoli (Xirsh, 90).

Germaniya – ter Stegen, Xenrixs, Xummels, Xektor, Gnabri, Kimmix, Xedira (Goretska, 77), Getse (Mayer, 71), Gyundogan, Gomes (Folland, 71), Myuller.

Ogohlantirishlar: Vitayoli (60).

Manba: Darakchi.uz

Теги: JCh-2018., San-Marino, Germaniya, urdi, gol, darvozasiga, ta, javobsiz

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги