0

Janubiy koreyaliklarning yetakchi hujumchisi O'zbekistonni osonlik bilan yengish mumkinligini aytdi

Автор: PerFecTкатегория: Sport newsдата: 09-Ноябрь-2016, 00:36
Bugun Janubiy Koreya terma jamoasi mashg'ulotlarga kirishdi. Mashg'ulotlar yakuniga yetgach, koreys OAV vakillari jamoaning yetakchi futbolchisi hisoblangan Son Xeung Minning fikrlariga qiziqdi. "Bu o'yin o'z maydonimizda o'tishini hisobga olsak, bir-birimizni qo'llab-quvvatlab maqsadga erishish mumkin. Jamoadoshlarim bu o'yinning ahamiyatini juda yaxshi anglab turishibdi. Guruhda 3-o'rinda turgan bo'lsak ham O'zbekistonni yengib, yuqoriga ko'tarilish imkoniyatimiz bor. O'zbekiston tabiiyki yaxshi jamoa.Lekin bizning maqsadimiz faqat g'alaba. Bemalol g'alaba qozona olamiz. Uzoq masofalarga uchishlar charchatishi aniq. Ammo bu bizga xalaqit bera olmaydi. Tovonimdan olgan jarohatimni tasdiqlayman. Hozir davolanishda davom etyapman”, deya "Tottenhem” yarim himoyachisi Son Xeung Min so'zlarini keltirgan std.uz.
Manba: Kun.uz
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги