0

Janubiy Afrikadagi ruhoniy «o‘lik»larni «tiriltirgani» uchun sud qilinadi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Dunyo newsдата: 23.03.2019
Janubiy Afrikadagi bir nechta dafn marosimlarini o‘tkazish byurolari o‘zini o‘likni tiriltirganlik va «payg‘ambarlik»da da’vo qilayotgan pastorni sudga bermoqchi, deya xabar beradi «Daryo» nashri
Internetda tarqalgan videorolikda ruhoniy Alf Lukau ochiq tobutga qarab, baland ovozda «Uyg‘on!» deyayotgan va «o‘lik» birdan tirilayotgani aks etgan.

Dafn marosimi byurosi ularni chalg‘itishgani, aks holda ular ushbu marosimda ishtirok etmasliklarini aytmoqda.
«Tirilish» jarayoni Yohannesburg yaqinidagi Lukau cherkovining kiraverishida yuz bergan. Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari pastorning ustidan kulishgan, boshqalari uni qoralagan.

«Mo‘’jizalar sodir bo‘lmaydi. Buni odamlardan pul olish uchun o‘ylab topishgan », — deydi davlat televideniyesiga bergan intervyusida Madaniy, diniy va til jamiyati huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiyaning vakili.

Теги: DUNYO

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *: