«JANNAT MEVASI»NING ShIFOBAXSh XUSUSIYaTLARI

Anjirni bejiz jannat mevasi, deyishmaydi. Zero, u foydali va shifobaxsh xususiyatlarni jamlagan sandiqqa o`xshaydi. Och sariq yoki siyohrang tusli noksimon bu meva vitamin va quvvatbaxsh moddalari bilan insonga salomatlik, go`zallik va yoshlik baxsh etadi.

Anjir juda qadimiy meva. U haqida eramizdan avvalgi 2700-yilda bitilgan Misr yilnomalarida qayd etilgan. O`sha vaqtlar zaytun, anjir va uzum eng ko`p tarqalgan mevalar edi. Qadim Yunonistonda esa anjir hosildorlik ramzi sanalgan.

E`tiborlisi shundaki, qulay sharoitda anjir daraxti 200 yilgacha yashab, meva berishi mumkin. U o`zining ana shunday umrboqiylik xususiyatini insonlarga ham hadya etadi. Ya`ni, anjir yoshartiruvchi ne`mat hisoblanadi.

100 gramm anjir tarkibida:

305 kkal quvvat
1.3 gramm yog`
4.3 gramm oqsil
63.5 gramm uglevod
2.3 gramm mineral moddalar
0.5 ml.gramm vitaminlar mavjud.
Qorningiz ochib, tinkangiz qurib ketayotgan bo`lsa, anjir bir zumda sizni tetiklashtiradi. Buni yaxshi bilgan Iskandar Zulqarnaynning askarlari o`zlari bilan doim quritilgan anjir olib yurisharkan. Jang maydonida holdan toygan askarni shu meva, ko`pincha, qutqarib qolgan ekan.

Dardlarga davo ne`mat

Ko`pchilik anjirni tabiatdagi eng mukammal ne`matlardan biri, deb sanaydi. Qadimdan uning quyidagi foydali xususiyatlari ma`lum:

Anjir mevasi siydik va ter haydash xususiyatiga ega.
Zaharlanishni anjir bilan davolash mumkin. Chunki uning tarkibidagi moddalar oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab, undan zaharni haydab chiqaradi, buyrak va jigar faoliyatini yaxshilaydi.
Anjir boshqa kasalliklarda ham qo`llanadi: tomoq og`rig`i va yo`talda anjirning ustiga issiq sut quyib, bir muddat dimlab qo`yiladi va ovqatdan oldin bemorga ichiriladi.
Anjirning isitmani tushirish xususiyati ham ma`lum. Buning uchun isitmalayotgan bemorga quritilgan anjir mevasidan damlama tayyorlab ichirish kerak.
Anjir qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Shu sababli u yurak qon-tomir xastaliklari va semirishda benazir vositadir.
Anjir tarkibida katta miqdorda temir moddasi bor. Shu bois kamqonlikda foyda beradi.
Anjirdan tayyorlangan sharbat ichni yumshatadi. Hatto anjir murabbosini issiq choyga solib ichish bilan ham ayni natijaga erishish mumkin.
Sutda qaynatilga anjir mevalari yiringli yaralarga bosilsa, ular tezroq pishib, yoriladi.
Agar qo`l yoki oyog`ingizda qadoqlaringiz bo`lsa, tunda ularning ustiga anjir mevasini kesib, bog`lang. Tez orada qadoqlar ko`chib tushadi.
MUMKIN EMAS!

Anjirning nojo`ya ta`siri shu paytga qadar sezilmagan. Faqat u qandli diabet, podagra va o`tkir oshqozon-ichak kasalliklarida tavsiya etilmaydi.


Kosmetologiyada Anjir

Anjirdan tayyorlangan niqob soch to`kilishida juda foydali. Buning uchun 2 ta anjir qoqini maydalab, ustidan 1 stakan sut quyib, qaynatiladi. Sut bug`lanib ketib, bo`tqasimon aralashma hosil bo`lganida olovdan olinadi. Sovutiladi. Har kuni soch terisiga surtiladi. Ustidan sellofan qalpoqcha kiyib, sochiq bilan o`rab qo`yiladi va bir yarim soatdan so`ng yuvib tashlanadi.
Anjir urug`lari bilan tishlarni tozalash mumkin. Buning uchun anjir urug`iga ozgina gliserin qo`shiladi va shunda paxtasimon modda hosil bo`ladi. Har kuna ana shu tabiiy tish pastasi bilan tishlaringizni yuvib tursangiz, ular oqaradi va mustahkamlanadi.
Anjir urug`larini o`simlik yog`i bilan aralashtirib, ajoyib sochbo`yoq olish mumkin. U bilan oqargan soch tolalarini bo`yasangiz, ular tabiiy qora ranga kiradi va jilolanadi.


Источник: Даракчи.уз
Категория: Solomatlik | Просмотров: 103 | Добавил: PerFecT
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться