0

Isroil Madrimov 9 iyun tongida prof boksdagi uchinchi jangini o‘tkazadi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Sport newsдата: 26.06.2019
Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) 9 iyun tongida o‘zining uchinchi jangini o‘tkazadi.

Mazkur jangda Madrimovga meksikalik Norberto Gonsales (23 ta g‘alaba, 13 ta nokaut, 12 ta mag‘lubiyat) raqiblik qiladi.

To‘qnashuv Nyu-Yorkdagi mashhur Madison Square Garden arenasida bo‘lib o‘tadi. Ular ishtirokidagi jang oqshomi tonggi soat 05:30 da boshlanadi. Jang Sport-TV orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Bokschilar jangdan oldin vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli Norberto Gonsales shu paytgacha o‘tkazgan 35 ta jangining 4 tasida turli mintaqaviy yo‘nalishlar chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarilgan, biroq ularda imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov professional boksda so‘nggi marta 9 mart kuni venesuelalik Frank Roxasga qarshi ringga chiqib, raqibini nokautga uchratgandi.

Теги: sport