Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

"Interfaks" "Admiral Kuznetsov" kemasi terrorchilarga zarba berishga tayyorlanayotganini ma`lum qildi

Автор: PerFecTкатегория: Dunyo newsдата: 09-Ноябрь-2016, 00:34
Rossiyaning O'rta yer dengizidagi harbiy kemalari yaqin soatlarda paluba aviatsiyasi va qanotli raketalarni qo'llagan holda Suriyadagi terrorchilarga zarba berishi mumkin. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligidagi manbaga iqtibos keltirgan holda "Interfaks" axborot agentligi xabar berdi. Zarbalar Halabdagi terrorchilar pozitsiyalariga beriladi. "Rossiya harbiy-dengiz flotining "Admiral Kuznetsov" kreyseri paluba aviatsiyasi va qanotli raketalar bilan qurollangan harbiy kemalari yaqin soatlarda Halab atrofidagi jangarilarga zarba berishga tayyorlanmoqda. Zarbalar shahar atrofidagi hududlarga beriladi", deb aytdi manba va jangarilarning qamalni yorib o'tishga urinishlari befoyda ekanligini qo'shimcha qildi.Ayni vaqtda Rossiyaning O'rta yer dengizidagi aviatashuvchi guruhi dengizning sharqiy qismida, Kipr oroli va Suriya sohillari o'rtasida turibdi. Uning tarkibiga "Admiral Kuznetsov"dan tashqari, og'ir atom raketa kreyseri "Petr Velikiy", qayiqlarga qarshi katta "Severomorsk" va "Vitse-admiral Kulakov" kemalari hamda yordamchi kemalar kirgan. Bundan tashqari, O'rta yer dengizida Qora dengiz flotining kemalari va suv osti kemalari joylashtirilgan.Avvalroq Rossiya harbiy-dengiz floti Kipr va Suriya o'rtasidagi xalqaro suv hududlari otish va aviatsiya parvozlari mashg'ulotlarini o'tkazish uchun ikki davr: 10-15 va 17-22 noyabrlarga suzish uchun yopilishi haqidagi ma`lumotni tarqatgandi. 
Manba: Kun.uz
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги