Kirish | A'zo bo'lish
Foydali maslahat
(18+) Foydali bo'lim
Поиск по сайту

Меню
Главная
Музыка
Клипы
» Qiziqarli (YANGILIKLAR)
Inson va maymun hujayrasidan embrion yaratildi — olimlar hayratda
Inson va maymun hujayrasidan embrion yaratildi — olimlar hayratda
Дата: 02.08.2019, 18:27

Ispaniyalik va amerikalik olimlar guruhi inson va maymun hujayrasidan embrion yaratishdi, deb xabar qilmoqda "Sputnik" nashri.

Tadqiqot xitoy laboratoriyalarining birida o‘tkazilgan. Loyiha ishtirokchilaridan biri, biolog Estrelya Nunes gapirib bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, olimlar organlar transplantatsiyasi uchun organlarni yetishtirish imkoniyatini tadqiq etganlar va bu uchun inson o‘zak hujayralarini hayvonlar embrioniga qo‘shganlar.

Natijada genetik jihatdan turli bo‘lgan hujayralardan yangi organizm paydo bo‘lgan. Shu bilan birga, mavjudot dunyoga kelishga ulgurmagan, chunki olimlar uning rivojlanish jarayonini uzib qo‘yganlar.

Olimlar tadqiqot tafsilotlarini ochiqlamadilar, lekin Nunesning o‘zi ta’kidlaganidek, tadqiqotlar natijalari "o‘ta istiqbolli". Tadqiqotchilar inson va hayvonlar, xususan maymunlar hujayralari bilan ishlashni davom ettiradilar.

Ayrim ekspertlarni ushbu eksperiment natijalari biroz hayratga soldi. Xususan, Barselona regenerativ tibbiyot markazi rahbari Anxel Raya bu kabi tajribalar axloq nuqtai-nazaridan qanchalik to‘g‘riligi borasida savolni o‘rtaga tashladi.

"O‘zak hujayralar hayvon miyasida inson neyronlarini shakllantirsa nima bo‘ladi? Unda ong paydo bo‘ladimi?", - deya savol beradi u.
Nunesning so‘zlariga ko‘ra, agar inson hujayralari hayvon miyasiga tushadigan bo‘lsa, ular o‘z-o‘zini yo‘q qiladigan mexanizm yaratilgan.

Yangi she'rlar

Diqqat diqqat! Xato va kamchiliklar shikoyatlar uchun Admin bilan aloqa uchun..! bu yerni bosing!


Поделиться:

Метки: Qziqarli | Ko'rildi: 426
Категория
O'zbekiston Yangiliklar
Dunyo Yangiiklar
Sport Yangiliklar
Texnologiya Olami
Shou-Biznes Olami
Avto Yangiliklar
Pazandachilik (sirlari)
Qiziqarli (Ma'lumotlar)
Foydali maslahatlar
PREMIERA MP3, KLIP,
Статистика
Всего на сайте: 6
Гостей: 6
Пользователи: 0