Реклама
Reklama uchun bo'sh joy !
Поиск по сайту

Меню
Главная
Музыка
Клипы
Кино
» Texno
Insayder: iPhone 14 avtofokusli frontal kameraga ega bo‘ladi
Insayder: iPhone 14 avtofokusli frontal kameraga ega bo‘ladi
Дата: 25.04.2022, 22:56

Ming-Chi Kuo ismli taniqli insayder 2022-yilda taqdim etiladigan iPhone’ning selfi-kamerasi avtofokusga ega bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar beradi GizmoChina.

Avtofokusni qo‘llab-quvvatlaydigan frontal kamera hozirgi iPhone’lardan farqli ravishda tasvirlarni ancha tiniq suratga olish imkonini beradi. Ancha keng diafragma — Kuoning aytishicha f/1,9 — fonning “chaplanishini”ni ta’minlaydi va ko‘proq yorug‘likni o‘tkazishga imkon beradi. Bu esa o‘z navbatida tungi selfi va FaceTime portret rejimidan yaxshiroq foydalanishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Apple iPhone 14 Pro’da “qoshdan” voz kechadi. Buning o‘rniga ekranda ikkita teshik paydo bo‘ladi — kichikroq aylana qirqim hapdori ko‘rinishidagi teshik yonidan o‘rin oladi.

Mazkur yangilik Apple o‘zning yangi kamerasini kichik tirqishga joylashtirish kerakligini anglatadi va bu uddalab bo‘lmas topshiriq emas. Masalan, Samsung Galaxy S22 ning selfi-kamerasi avtofokusga ega va aylanasimon qirqim ichida joylashgan. Shunga qaramay, Google va OnePlus’ning so‘nggi flagmanlari o‘zgarmas fokuslar bilan jihozlanmoqda.

Kuo o‘z tvitida modernizatsiya qilingan frontal kamera “iPhone 14 ning to‘rtta yangi modeliga o‘rnatilishi” mumkinligini yozgan, ya’ni Apple yaxshi selfidan o‘zining Pro telefonlari savdosini qo‘llab-quvvatlashdagina foydalanmaydi. Bu yangi smartfonlarning Pro-versiyalari A16, arzonroq modellari esa oldingi A15 protsessorida ishlashi to‘g‘risida tarqalgan mish-mishlar fonida yaxshi, albatta.

Yangi lineykadagi smartfonlar kuzda taqdim etiladi.

Avvalroq internetda kuz oyida taqdim etilishi kutilayotgan iPhone 14 Pro smartfonining yangi rangdagi tasvirlari paydo bo‘lgandi. MyDrivers portalida e’lon qilingan renderlarda iPhone qurilmasi tilla (to‘q tusli) va qirmizi ranglarda namoyish etilgan.

Новые песни

Diqqat, Diqqat !
Xato va kamchiliklar bo'lsa shikoyatlar uchun bizga murojaat qiling.
Biz bilan bog'lanish !


Поделиться:

Метки: | Ko'rildi: 67
Категория
O'zbekiston Yangiliklar
Dunyo Yangiiklar
Sport Yangiliklar
Texnologiya Olami
Shou-Biznes Olami
Avto Yangiliklar
Статистика
Всего на сайте: 20
Гостей: 20
Пользователи: 0

Яндекс.Метрика