0

Ilk uchrashuvning 5 oltin qoidasi

Автор: Activeкатегория: Qiziqarli (YANGILIKLAR)дата: 20-Октябрь-2016, 16:50

Birinchi uchrashuv har bir qiz hayotidagi hayajonli hodisa. «Yoqarmikanman, ko`rinishi qanday, ortiqcha gapirib yubormasam bo`ldi...» kabi fikrlar bir zumga bo`lsada tinch qo`ymaydi. Uchrashuv oldidan uyalib, tortinib kimga maslahat solishni bilmay qolishimiz ham bor gap. Bu boradagi oltinga teng maslahatlarni "SUG`DIYONA”ayollar klubi mutaxassisi, ruhshunos Go`zal RO`ZMATOVAdan olamiz. 

Birinchi taassurotni ikkinchi bor qoldirolmaysiz!

Aksariyat xatolar asabiylashish va hayajon tufayli sodir etiladi. Ba`zida qizlar chiroyli ko`rinish uchun haddan ortiq tirishqoqlik qilib yuborishadi. Kechagina sotib olingan va hali sinovdan o`tmagan ko`ylak yoki poyabzalni birinchi uchrashuvda tajribadan o`tkazish ham muvaffaqiyatsizlikka sabab bo`lishi mumkin. Yaxshisi o`zingizga qulay va yarashgan ko`ylakka ixtiyor bering. So`zlashayotganda bor e`tiboringizni suhbatdoshingizga qaratsangiz fikringiz chalg`iydi va hayajon biroz bosiladi. Agar kayfiyatingiz yaxshi bo`lmasa, zinhor uchrashuvga chiqmang. Har doim uni keyinroqqa qoldirish imkoniyati mavjud.

Samimiylikni yo`qotmang!

Har bir inson o`z temperamenti va ehtiyojlaridan kelib chiqib o`ziga qayliq tanlaydi. Kimgadir sho`x shaddod qizlar ma`qul kelsa, boshqalar og`ir bosiqlarni tanlashadi. Shu sababdan "Barchaga birdek yoqishim kerak” degan fikrga chalg`imang. Qizlarning asosiy xatosi uchrashuvni spektaklga aylantirib qo`yishlarida aslida. Rolga kirib, o`zingizga yot fazilatlarni ko`z-ko`z qilishga urinmang.

Bir ko`rishda xulosa chiqarmang

Ha, bir bor nigoh tashlab sevib qolish mumkin, faqat hind filmlarida! Hayot esa kino emas, umr yo`ldosh tanlashda nafaqat ko`zlarimizga, balki qalb va aqlga ham tayanish darkor. Agar uning tashqi ko`rinishi yoki gap-so`zlari ko`nglingizni iydirolmasa ichki tuyg`ungizga quloq soling. Balki u ikkinchi uchrashuvga imkon berishingiz lozimligini shipshiyotgandir. Balki yigit ham sizga o`xshab hayajonlanayotgandir. Odatda qizlar oq oti bo`lmasada, aynan shahzodani kutishadi. Va qarshisida oddiy yigitni ko`rib hafsalasi pir bo`ladi. Shuning uchun hayolot olamida emas, real hayotda yashashni o`rganing. 

Umumiy jihatlaringizni axtaring

Tasavvur qiling, siz kema kapitanisiz, shturval qo`lingizda, hamma siz qaerga desangiz o`sha tomon suzadi. Ammo shamolning yo`nalishini ham e`tibordan qochirmang. Gap so`zlar, xatti-harakatlaringizni mana shu shamolning yo`nalishi (ya`ni yoningizdagi insonning ko`ngli va istaklari)ga qarab ohista yo`lga solib boring. Suhbatingiz dialog shaklida kechsin. "Ha” yoki "Yo`q” javobli savollardan qochishga intiling. Masalan, "Yurist bo`lib ishlaysizmi?” degandan ko`ra, "Kasbingizni yaxshi ko`rasizmi?” deb so`rasangiz suhbatdoshingiz haqida ko`proq ma`lumotga ega bo`lasiz. Yana ikkingizga ham tanish va qiziqarli mavzular haqida so`zlashing.

Yoqimli ifor tarating

Iforlarning inson ongiga ta`sir ko`rsata olishi allaqachon o`z isbotini topgan. Shu sababdan kishida yoqimli taassurot qoldirishni istasangiz albatta bu kichik detalga ham e`tibor qarating. Atirni toza va nam badanga  sepish tavsiya etiladi. Yaxshisi, ro`parangizga uni purkab, so`ng atirli yomg`ir ostiga turing. Ammo me`yorni unutmang.

Siz hammadan chiroyli, aqllisiz! Baxtli bo`lishga munosibsiz!  Muhimi, uchrashuvga "Yoqamanmi?” deb emas, "U menga ma`qul kelarmikan” degan fikr bilan otlaning. Siz, albatta, juftingizni topasiz!

KAMOLA tayyorladi.

Manba: Darakchi.uz

Теги: oltin, qoidasi, ilk, uchrashuvning

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги