0

"Ilik sho‘rva"ni foydali jihatlari va uni tayyorlash usuli

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Pazandachilik (SIRLARI)дата: 23.03.2019
Tanga darmon, hazmi oson, masalliqlari arzon taomlardan biri — ilik sho‘rva sovuq kunlarda ko‘pchilikka xush yoqishi, shubhasiz.
Ushbu taom garchi ayrimlar uncha e’tibor bermaydigan ilikli suyakdan tayyorlansa-da, salomatlik uchun ancha foydali. U temir moddasi va kalsiyga boy bo‘lgani sababli keksalar va bolalarda uchrovchi kalsiy yetishmasligi, homilador ayollarda homilaning suyaklari rivojlanish paytida bo‘ladigan bo‘g‘imlar og‘rig‘i, tish yemirilishi va soch to‘kilishiga qarshi kurashda asqotadi.

• Shuningdek, sho‘rva uzoq vaqt qaynatilgandan so‘ng olinadigan ilik yog‘idan boshqa taomlar tayyorlashda bemalol foydalanish, pishiriqlar pishirish mumkin. Ba’zi bolalar, hatto kattalar ham ovqatlardan keladigan yog‘ hidini yoqtirishmaydi. Ilik yog‘idan tayyorlangan taomlar esa bundan mustasno.

• Kerakli masalliqlar: o‘rtacha kattalikdagi 3-4 dona ilikli suyak (molniki), suyak vaznidan 2 baravar ko‘p suv, 5 dona piyoz, 3 dona kartoshka, qizil sabzi, lavlagi, sholg‘om, sarimsoq, zira, zanjabil, ta’bga ko‘ra tuz va boshqa ziravorlar.

• Tayyorlanishi: qozonga suv quyilgach, yaxshilab yuvib tozalangan suyaklar va tuz solinadi. Olov balandlatiladi. Qaynab chiqqandan so‘ng ustida hosil bo‘lgan ko‘piklar yaxshilab olib tashlanadi. So‘ng olovni pastlatib qozon qopqog‘i yopilib, 5-6 soat qaynatiladi. Ilikdan ajralib, sho‘rva ustiga chiqib qolgan yog‘larni suv aralashtirmasdan ajratib olish kerak. Keyin zira, to‘g‘ralgan piyoz, qizil sabzi, lavlagi va sholg‘om solib, qozon qopqog‘i yopib, yana qaynatiladi. Pishishiga 20 daqiqa qolganda kartoshka solinadi, tuzi rostlanadi va ta’bga ko‘ra boshqa ziravorlar solinadi. Shu paytda ko‘katlarning bir qismini ovqatga solish mumkin. Ammo ularni pishgan taom ustiga sepilsa, foydali xususiyatlari yo‘qolib ketmaydi.

Теги: Pazandalik

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *: