Hindistonda “Ko‘k kit” tufayli “VKontakte” vaqtincha blokirovka qilindi

Ayrim hind provayderlari "Ko‘k kit” o‘yini tufayli "VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ini blokirovka qilishni boshladi. Foydalanuvchilar saytga kirganda u mamlakat hukumati qaroriga binoan blokirovka qilingani haqidagi xabarga duch kelmoqda, deya xabar beradi TJournal.

Mazkur ma’lumotni Hindiston elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi vakillari tasdiqladi va "VKontakte” tekshiruv vaqtiga blokirovka qilinganini bildirdi. Vazirlik "hozirda bu o‘yindan foydalanilayotgani yoki yo‘qligi”ni aniqlashga urinmoqda. 

Huquq-tartibot idoralari mamlakatdagi shubhali o‘z joniga qasd holatlariga "Ko‘k kit” o‘yinining aloqadorligini aniqlash uchun ushbu tekshiruv o‘tkazilishi tashabbuskori bo‘ldi. 

Источник: Дарё.уз
Категория: Texno | Просмотров: 22 | Добавил: Active | Теги: kit”, “Ko‘k, “VKontakte”, vaqtincha, tufayli, Hindistonda, qilindi, blokirovka
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться