Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Hindistonda emizikli bola shifokorlar eski pullarni qabul qilishdan bosh tortgani sababli vafot etdi

Автор: PerFecTкатегория: Dunyo newsдата: 15-Ноябрь-2016, 15:50
Hindistondagi yaqinda amalga oshirilgan pul islohoti yana bir qurbonga olib keldi. Gap shundaki, Hindistonda o'tgan haftada pul islohoti o'tkazilib, unga ko'ra 500 va 1000 rupiylik qog'oz pullar muomaladan chiqarilishi e`lon qilingandi. Shu sababli emizikli bola shifokorlar uning ota-onasidan xizmat haqi sifatida eski pullarni olishdan bosh tortgani sababli vafot etdi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.Nashr ma`lumotlariga ko'ra, voqea Mumbayda yuz bergan. Kasal bolakayning ota-onasi shifokorlarga yordam bilan murojaat qilganda, ular davolashga haq sifatida 6 ming rupiy to'lashni so'rashgan. Bolaning ota-onasi bu haqni 500 rupiylik qog'oz pullarda to'lamoqchi bo'lganda, shifokorlar pullar muomaladan chiqarilgani sababli ularni olishdan bosh tortganlar. Shundan keyin ota-ona bolasini boshqa shifoxonaga olib ketishga majbur bo'lgan, biroq bolakay yo'lda vafot etgan. Hozirda politsiya ushbu voqeani tergov qilmoqda.Hindiston hukumati 8 noyabrdan 500 va 1000 rupiylik qog'oz pullar muomaladan chiqarilishini ma`lum qilgandi. Hukumat shu tariqa mamlakatdagi korrupsiyaga chek qo'yishga va muomaladan katta miqdordagi qalbaki pullarni chiqarib yuborishga intilmoqda. Ta`kidlanishicha, taqiqlangan pullardagi 250 ming rupiygacha bo'lgan pulni hech qanday savollarsiz muomaladagi pullarga almashtirib olish mumkin, biroq bundan katta miqdordagi pullarning kelib chiqilishi tekshiriladi. Agar daromad bilan tavofut aniqlanadigan bo'lsa, pullar egasi tegishli soliqqa va jarimaga tortiladi.Bundan avvalroq o'z turmush o'rtog'ini davolatish uchun o'ziga tegishli yer maydonini sotgan hind ayoli pul islohoti sababli o'zining joniga qasd qilgandi. Ayol yerni 5,6 million rupiyga sotgan, erini davolatishga esa bor-yo'g'i 300 ming rupiy ketgan. O'zidagi pullarni 500 va 1000 rupiyda saqlagan ayol hukumatning bu qaroridan keyin esankirab qolib, o'z joniga qasd qilgandi.
Manba: Kun.uz
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги