Leonardo Mourinoni o'tgan asrning pop-yulduziga qiyosladi

Frantsiyaning «PSJ» klubi jamoasi sobiq bosh direktori Leonardo Joze Mourinoning «Manchester Yunayted»dagi faoliyatini tanqid qildi. U portugaliyalik murabbiyni Lucho Dallaga o'xshatdi. Lucho Dalla 1970 yillarda mashhur bo'lgan italiyalik qo'shiqchi, kompozitor va aktyordir. «O'ylashimcha, ular transfer bozorida yomon ishlashdi. "MYu” ko'p sarf qildi, ammo hozircha natija yo'q. Biroq, Mourinoning bori shu. U biroz Lucho Dallaga o'xshab ketadi. Dalla ham 70-yillarda bir nechta yaxshi qo'shiqlar yozgach, boshqa bu natijasini takrorlay olmagan», — deya Leonardo so'zlarini keltiradi Mirror.«Qizil iblislar» so'nggi yettita o'yinning 2tasida muvaffaqiyat qozona oldi xolos. «MYu» jamoasi yozgi transferlar oynasida 140 mln funt sterlingni futbolchilarni xarid qilishga sarfladi. 

Источник: Кун.уз
Категория: Sport news | Просмотров: 271 | Добавил: PerFecT
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться