Guliston tumanidagi namunali uylarning namunasiz ko'chalari. Mutasaddilar bunga nima deydi?

Tahririyatimizga Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi Ahmadjon Xolbo'tayevdan shikoyat xati kelib tushdi.

Men Guliston tumani Zarbdor mahallasidagi namunaviy uyda yashayman. Namunaviy uy 2011 yilda qurilgan. Ushbu murojaatni mahallamizda yashovchi barcha oilaning nomidan yo'llamoqdaman.

Murojaatimning mazmuni shundan iboratki, mana, 6 yildirki, ko'chamizga asfalt yotqizilmagan.

Yozgi mavsumda chang ko'tarilib aholining, ayniqsa yosh bolalarning salomatligiga salbiy ta`sir ko'rsatmoqda. Qishki mavsumda yo'lda suv to'planib, loy kechib yurishimizga to'g'ri kelmoqda.

Yosh bolalar bog'cha-maktabga borishga juda qiynalmoqda. Guliston tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlarga bir necha yildan beri mazkur muammo bo'yicha murojaat qilib kelmoqdamiz. Mana, 6 yildirki bir xil gap: «yul dasturga kiritilgan, yaqinda bo'ladi», deb takrorlashdan charchashmayapti.

Axir namunaviy uylar qurilgan mahalla namuna bo'lib turishi kerak emasmi? Iltimos, mazkur masalini KUN.UZda yoritib chiqarsalaringiz.

Tahririyatdan: Guliston tumani hokimligi mutasaddilarini ushbu muammoga jiddiy yondashishlarini istar edik. Chunki namunali uylar massivi qurilayotganda uning ko'chalarini obodonlashtirishni mahalliy hokimliklar o'z zimmasiga olishi, loyiha tasdiqlangach, bunga yarasha pul ham ajratilgan bo'lishini barchamiz juda yaxshi bilamiz.


Источник: Кун.уз
Категория: Uzb News | Просмотров: 68 | Добавил: PerFecT
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться