Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Gollivud aktrisasi Lindsi Loxan qarzi ko`payganligi sababli uysiz qoldi

Автор: Activeкатегория: Shou-Biznesдата: 30-Ноябрь-2016, 18:22

Yaqin kunlargacha Lindsi Loxan Gollivudning eng talabgor aktrisalaridan biri bo`lib, suratga tushgan har bir filmi uchun 5 million dollardan gonorar olardi, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri.

Endi esa 30 yoshli aktrisa inqirozga uchradi. U Buyuk Britaniya poytaxti London shahridagi teatrlardan birida rol o`ynayotgani tufayli ijara uyda istiqomat qilgan. Ijara uyning to`lovini vaqtida to`lamaganligi sababli uning qarzi 95 ming dollarga etgan. Uy egasi undan bu qarzni sud orqali to`latishni rejalashtirdi.

Lindsi Loxan ijara beruvchidan qarzning ma`lum bir qismini o`zi to`lashini, qolgan qismini esa sobiq turmush o`rtog`i rossiyalik Egor Tarabasov to`lashiga imkon berishni iltimos qildi. Biroq Egor Tarabasov mazkur uyda aktrisa bilan birga yashaganiga qaramay, ijara uy uchun pul to`lashdan bosh tortdi. U to`lovdan bosh tortibgina qolmay, balki sobiq rafiqasini uning Rolex Oyster soatini, oltin xochini va dizaynerlik liboslarini o`g`irlaganlikda aybladi.

Lindsi uydan chiqarib yuborildi va endi uning uysizligi ma`lum qilindi.

Eslatib o`tamiz, Lindsi Loxan sobiq turmush o`rtog`i Egor Tarabasovdan yozda ajrashgan edi.

Manba: Darakchi.uz

Теги: qarzi, sababli, Lindsi, aktrisasi, qoldi, Loxan, kopayganligi, Gollivud, uysiz

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги