0

Go'zal kunlar senga kelmas. Sen ularga yurib borajaksan

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Hidoyat sariдата: 16.07.2019
Hayot senga orqama-orqa to'siqlar, sinovlar yuborsa, bu tikanlardan saqlan. Xavotir olma: yaqin kunlarda bu tikanlar gulini xam ko'rsatadi .
***
Ishqi buyuk, savdosi buyuk bo'lganni sinovi ham og'ir bo'ladi .
***
Yaxshini izla, to'g'rini izla, go'zallikni izla, aslo qusur izlama
***
Qof tog'i qadar buyuk bo'lsang-da kafanga sig'adigan qadar kichiksan .
***
Tur, o'zinga kel, noumidlikka berilma, umidsizlik shaytondan, umid qilish Allohdandir .
***
Tangriga olib boradigan yo'llar bisyordir. Men esa Ishq yo'lini tanladim .
***
Qumning zarrasiman, ammo sahroning dardini tashiyman .
***
Ishqda nasibang bor bo'lsa, tegsang xam yonajaksan. Shuni yaxshi bil: kimlar sog'inchdan yonar, kimlar yetishishdan .
***
Ruhning go'zalligi tananing go'zalligi kabi tez ko'rinmas .
***
Nimagadir bilmayman senga boqsam o'zimni ko'raman. Senga kelayotgan vaqtda o'zimdan ketaman. Sendan ketar vaqtda xech o'zimga kelmayman.
***
Insonlarni yaxshi tani, har insonni yomon bilib, qutulmoqqa shoshilma. Har insonni yaxshi bilib ham ovunma .
***
Shaytonning qotili odobdir
***
Shaxsiyatparastlik ko'zga taqilgan ko'zgudir. Qaerga boqsa, o'zidan boshqasini ko'raolmas .
***
Ba'zi insonlar borki, salomlaridan qurum hidi keladi . Ba'zi insonlar salomidan mushki anbar xush bo'y hid keladi .
***
Kimning ishqqa mayli yo'q bo'lsa, qanotsiz qush kabidir .
***
Aqlim qalbimdan imon nimadir deya so'radi. Qalbim aqlimning qulog'iga egilib «Imon odobdir» dedi
***
Tilingni tarbiya etmakdan avval yurakni tarbiyat et .Chunki so'z yurakdan kelib, tildan chiqadi .
***
Seni sevganlarni, zahar bo'lsa ham yut. Seni sevmaganni, bol bo'lsa-da, unut
***
Xafa bo'lish vajlarini izlashdan ko'ra, sevish, sevilmoq yo'llarini izla .
***
Hamma zohirga bezak bermoqqa kirarkan, sen botinga bezak bermoqqa shoshil. Hamma birovlar aybini aytib g'iybatga ketarkan , sen o'zingni xatolaring, ayblaring bilan mashg'ul bo'l .
***
Ko'ngli oydin toza odamga qul bo'lish, shohlar boshiga toj bo'lmoqdin a'lodir.
***
Ey ko'ngil, jonni achishtirar dori ayriliqdir ammo uning ichinda ishq degan shifosi yashirindir.
***
Foniy bo'lgan ishq yo'qdir. Ishqlarning bari boqiydir. Farqi shuki, kimdir san'atkorning san'atini ko'rur, kimdir san'atkorning o'zini .
***
Bizni bilganlar bilar, bilmaganlar o'zi kabi bilar.
***
Odomzot dunyoni zabt etar, ammo og'zini zabt etolmas.
***
Go'zal kunlar senga kelmas. Sen ularga yurib borajaksan.
***
Insonni tanish dengizdagi suvni ko'zaga quyib dengizni bo'shatmoqqa uringan kabi mushkul ishdir.
***
Qalb dengizdir, til soxildir. Dengizda nima bo'lsa sohilga urilar
***
Sevgi va shafqat odamiylik vasfidir. Qahr va shahvat hayvoniylik belgisidir.
***
Kitoblarni o'qimoqdan avval, o'zimmizni o'qishga kirishaylik.
***
Insonning qanoti g'ayratdir.
***
Yo tutiladigan darajada yaqin bo'l, yo unitiladigan darajada uzoq bo'l.
***
Mehmon keladigan kabi uyingni, o'lim keladigan kabi qalbingni ozoda tut.
***
Yolg'izlikning eng yomoni seni anglamaganlar ichra qolishdir.
***
Bekorga cholishma, seni ko'rganlari va eshitganlari qadar anglaydilar.
***
Har bir inson xuddi yomg'ir tomchisi kabidir. Kimdir loyga tushar, kimdir gul yaprog'iga tushar.

Теги: HIKOYA