GM Uzbekistan avtomobil yetkazib berishning muddatlari haqida ma’lumot berdi

Avtomobilni yetkazib berish muddati o‘rnatilgan miqdordagi oldindan to‘lov amalga oshirilgan sanadan ishlab chiqaruvchining bankdagi hisobiga tuzilgan shartnoma asosida o‘rnatiladi.1 (bir) ish kuni – dilerda (omborda) avtomobil sotuv uchun bor bo‘lsa,

60 (oltmish) ish kuni – avtomobil sanoat uchun yig‘ish usuli bilan ishlab chiqarilsa,
90 (to‘qson) ish kuni – avtomobil yirik uzelli yig‘ish usuli bilan ishlab chiqarilsa;
120 (bir yuz yigirma) ish kuni – avtomobil mijoz tanlovi asosida unga taklif etilgan o‘zgartirish imkoniyatlari bilan moslashtirilgan holda sanoat uchun yig‘ish usuli bilan ishlab chiqarilsa.

Shu bilan tovarni yetkazib berish muddati ishlab chiqarish jarayonida profilaktika ishlarini olib borish uchun diler tomonidan ishlab chiqaruvchining qarori bilan 30 (o‘ttiz) kundan ko‘p bo‘lmagan vaqtga cho‘zilishi mumkin. Bu haqda ishlab chiqaruvchining rasmiy veb-sayti orqali va diler tomonidan mijozga shartnomada ko‘rsatilgan manzilga yozma xabarnoma jo‘natilganda bilib olish mumkin.


Источник: Дарё.уз
Просмотров: 131 | Добавил: PerFecT
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться