0

Giyohvand-o‘g‘rini tutgan politsiyachilar uning kimligini bilib hayratda qolishdi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Dunyo newsдата: 01.04.2020
Merisvill (Kaliforniya, AQSH) politsiyasiga begona shaxs garajiga kirgani haqida kimdir xabar berdi. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar mashina oynasini sindirib, ichiga kirib olgan erkakni ko‘rishdi. U narkotik moddalar ta’sirida g‘irt mast edi, deb yozmoqda CNN ga tayanib "Xabar" nashri.

Giyohvand-o‘g‘rini ushlab, politsiya uchastkasiga olib ketishdi. Kimligini aniqlashganidan so‘ng esa, ochig‘i yoqa ushlashdi, hatto bu haqda departamentning «Feysbuk»dagi sahifasida yozishdi. Aft-angori bir ahvoldagi, kasallik yengib qo‘ygan bu odam amerikalik aktyor Shon Uayss bo‘lib chiqdi.

Shon bolaligidayoq kinoga kirib kelgan, «Qudratli o‘rdakchalar», «Sabrina — kichkina jodugar», «Hayot maktabi» kabi film va seriallarda rol o‘ynab, mashhurlikka erishgan. Biroq 2008 yilga kelib karerasi tanazzulga uchradi.

Uayss hozir hibsda saqlanmoqda, uni chiqarib olish uchun 25 ming dollar garov puli kerak. Biroq politsiyaga birinchi tushishi emas. 2018 yili qamoqqa tushganidan keyin ham hayotini o‘zgartirishga va’da bergandi.

«Meni jarlikka itqitgan turmush tarzi va narkotiklardan qutulish uchun uzoq muddatli reabilitatsiya markaziga yozildim. Hayotim xavf ostidaligini, zudlik bilan davolanishim zarurligini angladim», — deb yozgandi o‘shanda Shon Uayss.
Afsuski, aktyor zararli odatlaridan qutulmabdi.

Теги: YANGILIKLARI, kunlik, DUNYO