Главная » Futbol bo'yicha Qozog'iston ayollar terma jamoasi futbolchisi o'z joniga qasd qildi - 17 Января 2016 - Скачать музыку mp3 бесплатно и без регистрации
Регистрация
Меню сайта
Наш опрос
Qaysi brouzerdan foydalanmoqdasiz?
Всего ответов: 31
Статистика

Всего на сайте: 11
Гостей: 11
Пользователи: 0

23:28
Futbol bo'yicha Qozog'iston ayollar terma jamoasi futbolchisi o'z joniga qasd qildi

Futbol bo'yicha Qozog'iston ayollar terma jamoasi va “Qayrat” jamoasining 23 yoshli futbolchisi Zarina Turdieva o'z joniga qasd qildi, deb xabar bermoqda Prosportkz.kz nashri.

“Barchamizga “Qayrat” jamoasidagi o'yinlari orqali tanish bo'lgan bu yosh, chiroyli, intiluvchan, g'ayratli qizning o'z joniga qasd qilishini tasavvur qilish qiyin”, deb yozmoqda nashr.

“Menga bunga ishonish qiyin, biroq bu go'zal qiz endi oramizda yo'q... Hayot ruletkaga o'xshaydi, uni oldindan aytib bo'lmaydi, biz bilan o'z qoidalari bo'yicha o'ynaydi.

Bizning murabbiy Natalya Dorosheva aytgandek, u mening dublyorim bo'lgan. Bu nozikkina qizda men doimo intiluvchan, qat'iy, o'z xarakteriga ega himoyachini ko'rardim! Men u albatta bundan ham yaxshiroq o'ynab, eng yaxshi futbolchiga aylanishiga ishonardim, biroq... Tangri ruhini marhamatiga olsin”, deb yozdi marhumaning jamoa bo'yicha sherigi Еkaterina Yalova.

Ta'kidlash joizki, hozircha qizning o'z joniga qasd qilishiga nima sabab bo'lgani noma'lumligicha qolmoqda.Manba: Kun.uz

Категория: Sport news | Просмотров: 624 | Добавил: Admin | Теги: Futbol bo'yicha Qozog'iston ayollar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *: