Fuqarolar murojaatlarining aksariyati aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta`minlashga bog`liq bo`lmoqda - Uzb News - - Uzbekona.Uz | Развлекательный портал
Регистрация
Меню сайта
Онлайн видео
Новости сайта
Статистика
Онлайн всего: 8
Гостей: 8
Пользователей: 0

Сегодня, посетители: Eduardmes, WebPilotFup, dapedcaw, WitmarkEnrix, BrontobbVect, DerekRory, TarokNeta, PeerBog, Jensbons, GrimFino, WilliamBip, BrontobbVow, Davidbiase, Zubenbast, VibaldLich, cristinagk60, Shaced, Tuwassn, RakusMn, jaynepn60, SegrusSew, RichardLat
0

Fuqarolar murojaatlarining aksariyati aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta`minlashga bog`liq bo`lmoqda

Автор: Activeкатегория: Uzb Newsдата: 24.10.2016, 13:46

2016 yil sentyabr-oktyabr oylarida O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi orqali  "O`zbekneftgaz” MXKga fuqarolardan 137 ta murojaatlar kelib tushdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, yurtdoshlarimiz "O`zbekneftgaz” MXK, uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning xizmatlari to`g`risida to`liq ma`lumotlar, bog`lanish manzillari va rahbariyatning qabul kunlari keltirilgan Interfaol davlat xizmatlarining yagona portali orqali ham o`z murojaatlarini jo`natmoqdalar. 2016 yilning yanvar-oktyabr oylari davomida ushbu portal orqali 1544 ta murojaatlar kelib tushgan bo`lib, ularning 1533 tasi bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilingan va javoblar yuborilgan.    

"O`zbekneftgaz” MXK faoliyati to`g`risida keng ma`lumot www.ung.uz saytida ham keltirilgan. Ushbu korporativ sayt orqali fuqarolar xoldingga murojaat etish va neftgaz tarmog`i mutaxassislarining malakali yordamidan bahramand bo`lish imkoniga egadirlar. 

Xoldingda mavjud ishonch telefoniga (+998 71 233-28-88) fuqarolardan kelib tushayotgan qo`ng`iroqlari qisqa fursatlarda ko`rib chiqilmoqda. 

Ta`kidlash lozimki, bugungi kunda fuqarolar murojaatlarining aksariyati aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta`minlashga bog`liq bo`lib, bu masala bo`yicha tegishli choralar ko`rildi. Xususan, Samarqand va Farg`ona viloyatlaridagi fuqarolardan gaz ta`minotini yaxshilashga oid murojaatlar kelib tushgan. Gaz ta`minoti korxonalari mutaxassislari joylarga borib, murojaatlar sabablarini o`rganib chiqqanlar va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qisqa muddatlarda zaruriy choralarni ko`rganlar.

Источник: Даракчи.уз
Загрузка...

Теги: suyultirilgan, tabiiy, Fuqarolar, VA, murojaatlarining, Gaz, BILAN, aksariyati, taminlashga, aholini

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

ФОТОРЕПОРТАЖ