Реклама
Reklama uchun bo'sh joy !
Поиск по сайту

Меню
Главная
Музыка
Клипы
Кино
» Dunyo news
FT: Putin Kiyev bilan tinchlik shartnomasi tuzishga qiziqishini yo‘qotgan, endi u Ukrainaning imkon qadar ko‘proq hududini egallamoqchi
FT: Putin Kiyev bilan tinchlik shartnomasi tuzishga qiziqishini yo‘qotgan, endi u Ukrainaning imkon qadar ko‘proq hududini egallamoqchi
Дата: 25.04.2022, 22:58

FT: Putin Kiyev bilan tinchlik shartnomasi tuzishga qiziqishini yo‘qotgan, endi u Ukrainaning imkon qadar ko‘proq hududini egallamoqchi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga qiziqishini yo‘qotgan va buning o‘rniga aftidan, iloji boricha Ukrainaning kattaroq hududini egallab olmoqchi. Bu haqda Rossiya prezidentining rejalari bilan tanish bo‘lgan uch manbaga tayanib, Financial Times gazetasi yozmoqda.

Nashr manbalariga ko‘ra, urush boshida Rossiya armiyasining muvaffaqiyatsizliklaridan so‘ng Putin tinch yo‘l bilan kelishuv imkoniyatini jiddiy o‘ylab ko‘rayotgan edi, biroq hozir u buning istiqbolini ko‘rmayapti.

“Moskva” kreyserining yo‘q qilinishi ham Rossiya prezidentining pozitsiyasiga ta’sir qilgan: bu uning g‘azabini qo‘zg‘atdi, deydi FT’ga ikki suhbatdosh. “Moskva’dan keyin u g‘olibdek ko‘rinmay qoldi, chunki bu haqoratomuz edi”, — dedi manbalardan biri.

Nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Rossiya qo‘mondonligi va davlat televideniyesi xabarlari Putinda urushning borishi haqida yanglish tasavvur yaratayotgan bo‘lishi mumkin: suhbatlarda u go‘yoki Rossiya kuchlari harbiy harakatlar davomida, xususan, Mariupoldagi “Azovstal”ni qamal qilish paytida tinch aholiga zarba bermaganini ta’kidlagan. “Putin chindan ham televizorda eshitgan bema’ni gaplariga ishonadi, u yirik g‘alaba qozonishni xohlaydi”, — dedi FT manbalaridan biri.

Gazetaning yozishicha, 22-aprel kuni Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan telefon orqali suhbatda Putin muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirganini aytib, Ukrainani diplomatik yo‘lda “devor o‘rnatayotganlikda” ayblagan va hozir Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashish vaqti emasligini ta’kidlagan. Muzokarachilar bundan Rossiyaning harakatlari diplomatlarga kelishuvga erishish uchun vaqt berish emas, balki ko‘proq hududni egallashga qaratilgan, degan xulosaga keldi deb yozadi FT.

Bir necha kun oldin Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada “maxsus operatsiyaning ikkinchi bosqichi” boshlanganini e’lon qildi. 22-aprel kuni Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni vazifasini bajaruvchi Rustam Minnekayev bu bosqichdan maqsad Donbass va Ukraina janubida to‘liq nazorat o‘rnatish va Qrimga quruqlik yo‘lagini ochish ekanini aytdi. Bungacha Rossiya qo‘mondonligi vakillari bunday maqsadlarni oshkora e’lon qilmagan edi.

Новые песни

Diqqat, Diqqat !
Xato va kamchiliklar bo'lsa shikoyatlar uchun bizga murojaat qiling.
Biz bilan bog'lanish !


Поделиться:

Метки: | Ko'rildi: 44
Категория
O'zbekiston Yangiliklar
Dunyo Yangiiklar
Sport Yangiliklar
Texnologiya Olami
Shou-Biznes Olami
Avto Yangiliklar
Статистика
Всего на сайте: 18
Гостей: 18
Пользователи: 0

Яндекс.Метрика