Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Frantsiyadagi teraktlar tufayli ishsizlar soni rekord darajada ortdi

Автор: Activeкатегория: Dunyo newsдата: 27-Сентябрь-2016, 11:04
Ekspertlarning ma`lum qilishicha, Frantsiyada sodir etilgan teraktlar sababli ishsizlar soni rekord darajada oshdi. Bu haqda mamlakat mehnat vaziri Miriam al-Homriyning ma`lumotiga asoslanib, AFP agentligi habar bermoqda."Avgust oyida ishsizlar miqdori 1,4 foizga yoki 50 ming kishiga ko'paydi. Bu 2013 yilning yanvaridan beri rekord daraja hisoblanadi", - deb ma`lum qildi vazir.U bu ko'rsatkichni "anomal'” (normadan chetga chiqqan - tahr.) deya baholagan va bu holat iqtisoddagi tendentsiyalar bilan bog'liq emasligi aytgan.Al-Homriy asosiy muammolarni keyingi vaqtlarda havfsizlik sohasidagi vaziyat beqarorlashishi hamda teraktlarning turizm va mehmonhona biznesiga ta`sir o'tkazganida ko'rmoqda.Agentlik ma`lumotiga ko'ra, avgust oyi so'ngida Frantsiyada 3,56 mln ishsiz qayd etilgan.ForwardKeys tahlil kompaniyasining guvohlik berishicha, Nitstsa shahri uchun band qilinayotgan aviachiptalar hajmi 57 foizga tushib ketgan. Bunga shaharda 14 iyul' kuni sodir etilgan teraktlar sabab hisoblanadi.Frantsiyada umumiy miqdorda aviachiptalar buyurtmasi 20 foizga tushib ketgan, sayyohlik turlari esa 11 foizga qisqargan.
Manba: Kun.uz

Теги: Frantsiyadagi teraktlar tufayli ish

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги