0

Farrux Xamraevdan "Sani Deb" (Qo'shiq matni)

Автор: Shahaкатегория: Qo`shiqlar Matniдата: 16.10.2019
Farrux Xamrayev - Sani deb (Qo‘shiq matni) [www.Uzbekona.Uz]

Yuragim og‘ridi, mani boshim og‘ridi,
Xabaring yo‘q sani, mani jonim og‘ridi.
Nima kerak edi o‘shanda mani tanlab?
Qani gapir, o‘yin qildingmi ataylab!?

Avval salom-alik, va boshida yaxshilik,
Mahallam degan eding, “Uzoq emas Sirg‘ali”.
Hammasi joyida, buni farqi yo‘q edi,
Chunki, mani ko‘zlaring sehrlab qo‘ygan edi.

O‘tdi bir kun, faqat sms tungacha,
O‘tdi uch kun, va shirin suhbat tonggacha.
Hali yuragim o‘rganmagan edi shu kungacha,
Sani sog‘inaman ertalabdan kechgacha.

Qanaqa shirin eding, “Shirinim” der eding,
Har kuni uyerga-buyerga mani olib boring der eding.
Ishxona norozi, ruxsat olishim qiyin,
San chaqirganda edi boshqalarni gapi bir tiyin.

Qara hayotimda juda katta o‘zgarish,
Sani deb urushganda yuzlarimda ko‘karish.
Bu qanaqa hayot, xayollarim gangigan?
Har kuni tongda man daydiganim daydigan, eh.

Sani deb, sog‘ligim yo‘qotdim,
Sani deb, yozda sovuq qotdim.
Sani deb, man qarzlarga botdim,
Sani deb, sani deb.

Sani deb, oromim yo‘qotdim,
Sani deb, vijdonimni sotdim.
Sani deb, o‘zimga tosh otdim,
Sani deb, sani deb.

“Gul” desang atirgul, “pul” desang mana pul,
Deganing degan edi, yengil tabiat nuqul.
Uydan qochib ketish, uyga kechikib kelish,
Dedilar: “O‘zgaribsan” — hattoki tanish-bilish.

Man uchun yopildi ishxonaning eshigi,
Sanga kerak edi chaqaloqning beshigi.
Harajat ko‘p edi, nimalar qilib qo‘ydim?
Faqat ko‘rinar edi hamyonimning teshigi.

Qani endi, asalim, sani shirin so‘zlaring?
Kulib turar edi doim qora ko‘zlaring.
Ochila boshladi sani asl yuzlaring,
Endi nima “Nima” desam, deysan “Hech nima!”.

Shumidi oqibat, shumidi muhabbat?
Bunaqa muhabbatga deyman endi ming lanat.
“Sevaman” der eding, “Qolaman” der eding,
“Yaxshi-yomon kunda ham, jonim, abadul-abad”.

Jazirama quyosh, ko‘chada olomon,
Man esa qidiraman qo‘l ko‘targani hamon.
Bir-ikki so‘m topay deya shoshib odamlar tomon,
Omon-omon, chunki yomon, mani rangim somon.

Keragim endi yo‘q, hattoki sanga ham,
Balki kerak edim avval gadoylarga ham.
Loyiq ekan faqat sevgiga ota-ona,
Har qanaqa kunda ham boshginamda parvona.

Sani deb, sog‘ligim yo‘qotdim,
Sani deb, yozda sovuq qotdim.
Sani deb, man qarzlarga botdim,
Sani deb, sani deb.

Sani deb, oromim yo‘qotdim,
Sani deb, vijdonimni sotdim.
Sani deb, o‘zimga tosh otdim,
Sani deb, sani deb.

Sani deb, sog‘ligim yo‘qotdim,
Sani deb, yozda sovuq qotdim.
Sani deb, man qarzlarga botdim,
Sani deb, sani deb.

Sani deb, oromim yo‘qotdim,
Sani deb, vijdonimni sotdim.
Sani deb, o‘zimga tosh otdim,
Sani deb, sani deb.

Теги: Farrux Xamraevdan Sani Deb (Qo'shiq