Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Er yuzidagi siz yashashingiz uchun pul to`lashga tayyor bo`lgan 7 ta shahar

Автор: Activeкатегория: Qiziqarli (YANGILIKLAR)дата: 06-Октябрь-2016, 23:53

Er yuzida shunday erlar borki, ular doimiy aholisi bo`lib qolishingiz uchun pul ham to`lashga tayyor. Shu sababli odamlarni jalb qilish uchun shahar hukumati u erda yashashingiz uchun yaxshigina pul taklif etadi.

AQSh, Michigan shtati, Detroyt shahri,

"G`arbning Pariji”, "AQShning avtomobil poytaxti”... XX asrning ikkinchi yarmida shahar bo`shab, yuqoridagi mavqeini deyarli yo`qotib qo`ydi. Ayni damda avvalgi shuhratini qaytarish uchun hamma narsaga tayyor.
Mahalliy hukumat ushbu shaharda yashash va ishlashga turli soha vakillarini jalb qilish uchun 2500 dollar to`lashga tayyor.

AQSh, Alyaska

Agar siz qishni, qorli manzarani hamda bir maromdagi hayotni sevsangiz, u holda Alyaska siz uchun ayni muddao bo`ladi.
Maxsus hukumat jamg`armasi mazkur hududda yashashni istayotganlarga yaxshigina pul to`lashga tayyor. Bitta sharti —Alyaskada kamida bir yil yashash kerak.

Saskachevan provinsiyasi, Kanada

Kanadaning provinsiyasi OO`Yularni yaqinda tugatgan kadrlarga ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi.
Mazkur provinsiyada etti yil davomida yashab, ishlaganlik uchun 20 ming Kanada dollarini to`lashadi.

Niagara sharsharasi, AQSh

Yana bir ajoyib imkoniyat – dunyoning eng chiroyli joyida yashab, yana buning uchun pul ham olish.
Hukumat mahalliy korxonalarda ishlashga tayyor bo`lgan universitet bitiruvchilariga 7 ming dollar to`laydi.

Ponga, Asturiya, Ispaniya

Ispaniyaning sharqidagi bu kichik qishloq mamlakatdagi eng qadimgilaridan biri sanaladi. Yoshlarni jalb qilish, mamlakat iqtisodiyotini kuchaytirish uchun bu erga ko`chib o`tgan har bir yosh oilaga 3 ming evro to`lanadi.
Bundan tashqari bu erda tug`ilgan har bir bola uchun 3 ming evro to`lanadi. Bu ekologik toza joyda yashash uchun ajoyib imkoniyat.

Utrext, Niderlandiya

Niderlandiya gumanitar va ijtimoiy fanlarni chuqur o`rganish bilan butun dunyoga mashhur. Mana ijtimoiy tajribalardan biri: bir shaharda yashaydiganlarning har biri ming dollardan olsa qanday bo`ladi?
 
Kertis, Nebraska, AQSh

Har birimiz shahrimiz uchun hech narsa qilinmayotganidan noliymiz. Amerikaning Kertis shaharchasi buning echimini topdi — istagan odam shahar infratuzilmasini yaxshilash uchun haqiqattan arziydigan g`oya taklif etib, bepul er uchastkasini olishi mumkin.

Manba: Darakchi.uz

Теги: Er yuzidagi siz yashashingiz uchun

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги