Главная » Ekspertlar 2015-yilning eng ishonchli avtomobillarini e’lon qildi - 15 Января 2016 - Скачать музыку mp3 бесплатно и без регистрации
Регистрация
Меню сайта
Наш опрос
Qaysi Davlatdan kirdingiz?
Всего ответов: 100
Статистика

Всего на сайте: 9
Гостей: 9
Пользователи: 0

14:04
Ekspertlar 2015-yilning eng ishonchli avtomobillarini e’lon qildi

Euro NCAP mutaxassislari mashhur ishlab chiqaruvchilarning eng xavfsiz avtomobillari reytingini e’lon qildi

Reytingni tuzishda haydovchi va katta yoshli yo‘lovchilar himoyasi, shuningdek, bolalar va piyodalarning xavfsizligi hamda yordamchi xavfsizlik tizimlarining mavjudligi e’tiborga olindi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Volvo XC90 krossoverlar o‘rtasida krash-testlardan o‘tish sohasida rekord o‘rnatdi. Avtomobilning xavfsizlik tizimlari 100 foiz kafolat ko‘rsatkichini, kattalar himoyasi bo‘yicha esa 97 foiz ko‘rsatkichni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa a’lo darajadagi ko‘rsatkichlar tufayli Volvo XC90 umumiy ro‘yxatda birinchilikni egalladi.

Volvo’dan tashqari eng yaxshi oilaviy avtomobil deb topilgan Infiniti Q30 hamda Mersedes-Benz GLC va Jaguar XE avtomobillarining xavfsizlik ko‘rsatkichlari ta’kidlab o‘tildi.

Volkswagen Touran eng xavfsiz kompaktven, Mazda MX-5 esa eng yaxshi rodster deb topildi.

Reytingdagi yetakchi o‘rinlardan Renault Espace, Ford Galaxy va Ford S-Max ham joy oldi.

Категория: Avto | Просмотров: 821 | Добавил: Admin_Oka | Теги: Uzbekona.uz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *: