0

DTM: «Hojatxonaga kirib, «shpargalka»lar bilan chiqayotgan abituriyentlar ham uchrayapti»

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Uzb Newsдата: 24.08.2019
Bugun, 5 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov ishtirokida test sinovlari to‘g‘risida navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda aytilishicha, kecha, 4 avgust kungi imtihonda qatnashishi belgilangan 71 ming 340 nafar abituriyentdan 2 ming 259 nafari, guruh nazoratchilaridan esa 45 nafari test jarayonlarida ishtirok etmagan. 17 nafar abituriyent hududga kirishda, 32 nafari binoda qoidani buzgani uchun sinovdan chetlashtirilgan.

Barno Rajabovning ta’kidlashicha, taqiqlangan vositalarni hududga olib kirishga va imtihon vaqtida ishlatishga urinayotganlar soni avvalgi yillarga nisbatan ancha kam. Ammo abituriyentlar tomonidan bunday holatlarni bajarishga harakat qilayotganlar hamon kuzatilyapti.

«Hojatxonaga kirib, qaytayotgan paytda turli «shpargalka» va telefonlar bilan qo‘lga tushayotgan yoshlar ham afsuski bor. Bunday manzaralarga o‘z vaqtida barham berilyapti va noo‘rin xatti-harakat qilgan abituriyentlarga nisbatan dalolatnomalar tuzilib, ular darhol jarayondan chetlashtirilyapti», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.

Теги: shpargalka, chiqayotgan, Hojatxonaga, abituriyentlar, Ham, DTM, lar, BILAN, kirib, uchrayapti