Dollar kursi: Toshbaqa Axillesga qachon yetib oladi?

Joriy haftada dollarning Markaziy bank tomonidan belgilangan rasmiy kursi 27 so'm 99 tiyinga oshib, 4098 so'mu 37 tiyin etib belgilandi. O'tgan haftadagi kurs 27,91 so'mga oshgan edi.

So'nggi 6 haftadagi rasmiy kurs oshishi dinamikasiga e`tibor qarating:

27 iyun: +27.99 = 3958.56
04 iyul: +27.95 = 3986.55
11 iyul: +27.95 = 4014.50
18 iyul: +27.97 = 4042.47
25 iyul: +27.91 = 4070.38
31 iyul: +27.99 = 4098.37

Ko'rib turibsizki, dollarning MB tomonidan belgilagan, biroq o'zi xarid qilish yo sotish majburiyatini olmagan rasmiy kursi haftasiga deyarli 28 so'mdan oshib bormoqda. 

AQSh dollarining «qora bozor»dagi ayriboshlash kursi esa shu haftalar ichida 8350-8400 so'm atrofida bo'lib turibdi.

Rasmiy kurs nimaning evaziga haftasiga o'rtacha 27,95 tiyindan oshib borayotgani noma`lum. Sanoqni boshlagan kunimiz — 27 iyun sanasidagi 27,99 so'mlik o'sish o'sha kuni belgilangan 3958,56 so'mning 0,707 foizini tashkil etadi. 

Agar kurs haftasiga 0,707 foizdan — o'zgarmasdan oshib borganida (yiliga bu 37,78 foiz oshishni tashkil etadi) haftasiga o'sish dinamikasi sof arifmetik progressiyada quyidagicha ko'rinishga ega bo'lar edi.

27 iyun: 3958.56
04 iyul: +27.99 = 3986.55
11 iyul: +28.39 = 4014.74
18 iyul: +28.58 = 4042.89
25 iyul: +28.78 = 4071.05
31 iyul: +28.98 = 4099.16

Agar shu vaziyat o'zgarmasa, o'sish haftasiga bir marta — 0,707 foizdan davom etsa, faqat 2020 yilning 6 yanvariga borib rasmiy kurs 10 ming so'mlik dovondan o'tar ekan. O'sha kuni haftalik o'sish 70 so'm 41 tiyinni tashkil etadi.

Yarim yil oldinroq — 2019 yilning 8 iyulida esa hozirgi «qora bozor» kursi — 8350 so'mlik marraga yetib olinadi.

Haftalik kurs foiz hisobida emas, hozirgidek o'rtacha 27 so'mu 95 tiyindan oshib borganda-chi? Albatta, bu holda 8350 so'mlik va 10 ming so'mlik dovonga yetish uchun muddat uzayadi. 


Источник: Кун.уз
Категория: Dunyo news | Просмотров: 43 | Добавил: PerFecT
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться