0

Dilnoza Kubaeva ikki o`t orasida qoldi

Автор: PerFecTкатегория: Shou-Biznesдата: 07-Ноябрь-2016, 01:41

"Suyunchi”, "Abdullajon”, "Chol va nabira”, "Chinora ostidagi duel”,  "Osmondagi bolalar” hamda "Sotqin” filmlari muallifidan yana bir yangi film.

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan, ishchi nomi "Adashgan farishtalar” bo`lgan filmda aktrisalar Dilnoza Kubaeva, Shahzoda Matchonova va Ra`no Shodievalar taqdirning chigal yo`lga kirib qolgan ayollarning obrazlarini gavdalantirishadi.

Film bosh rejissyori hamda ssenariy muallifi Rihsivoy Muhammadjanov Protoday nashriga bergan intervyusida suratga olayotgan yangi filmi xususida gapirdi:

– Dastavval respublikamizning barcha teatr sahnalarida olqishlar bilan kutib olingan spektakl asosida film yaratishga kirishildi. Film bugungi zamonamizning global muammolaridan biri bo`lgan aldanib qolayotgan ayollarning hayotidan hikoya qiladi.

Filmda aktrisa Dilnoza Kubaeva jurnalist qiz obrazini gavdalantiradi. O`z faoliyati taqozosi bilan aldangan ayollar haqida ko`rsatuv tayyorlashga kirishgan jurnalist qizning hayoti kutilmaganda o`zgarib ketadi. Sababi, ko`rsatuvni tayyorlash chog`ida adashgan qizlarni  aslida uning suyukli turmush o`rtog`i shu kuyga solganini bilib qoladi.

Kutilmaganda hayoti o`zgarib ketgan Dilnoza ikki o`t orasida qoladi. Uning oldida endi ikki yo`l bor. Xo`sh, u sevgisini tanlaydimi yoki vijdonini? Filmning kulminasiyasi ham aynan shu erda. Filmnning intihosi haqida aytmayman. 

Filmda yomon yo`lga kirib ketgan qiz rolini o`z hohishi bilan Shahzoda Matchonova o`ynashga qaror qildi, aktrisa Rahno Shodieva esa qo`shmachi ayol rolini tanladi. Aminmanki, ushbu film oz bo`lsa-da yoshlarimizni bunday yo`lga kirmasliklari uchun saboq bo`ladi.”

Filmni suratga olish sentyabrda boshlandi, dekabrgacha ushbu jarayonnni nihoyasiga etkazish ko`zda tutilgan. Film premerasi Yangi yilning boshlariga rejalashtirilgan.

Manba: Darakchi.uz
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги